Yangi laynerni Bişkekdagi «Manas» xalqaro aeroportida boş vazir – mamlakat prezidenti ma’muriyati rahbari Oqilbek Japarov kutib oldi. Bu haqda Qirğiziston hukumati matbuot xizmati xabarida aytiladi. 

«Xalqimizning qirğiz zaminida farovon yaşaşi haqidagi orzulari röyobga çiqişini istardik. Keçagina mamlakat budjeti hisobidan u yoki bu texnikani sotib olişni xayolimizga ham keltira olmasdik, bugun esa vertolyot va samolyotlar xarid qilyapmiz», dedi Japarov. 

Boş vazir 2002 yilda işlab çiqarilgan Airbus A320 samolyoti budjet mablağlari hisobidan sotib olinib, Prezident ma’muriyati balansiga ötkazilganini ta’kidladi. 

Şu paytgaça Qirğiziston hukumati foydalanib kelgan oldingi Tu-154M samolyoti 2006 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan sovğa qilingan edi.

Tu-154M

 

Tu-154M aviakompaniyalar tomonidan işlatiladigan eng qadimgi samolyotlardan biri bölib, 1984 yilda ommaviy işlab çiqariş boşlangan. 2006 yil yozida Samaradagi «Aviakor» kompaniyasi uşbu samolyotlarni işlab çiqarişni töxtatdi. 

Airbus A320 samolyoti örta va uzoq masofali parvozlar uçun möljallangan. U ikkita turbo dvigatelga ega. Uşbu samolyotlar 1988 yil aprel oyidan beri işlab çiqarilmoqda. 

Birinçi raqamli bort — odatda hukumatlar, davlat rahbarlari foydalanadigan samolyotlarning şartli nomi.