AQŞ poytaxti Vaşingtonda Donald Tramp taşabbusi bilan qurilişi rejalaştirilgan ulkan tantanavor arka atrofidagi bahslar sudgaça yetib bordi. Loyiha quriliş uçun yakuniy rejalaştiriş ruxsatini olganiga qaramay, federal sudya quriliş işlarini 14 kunga vaqtinça töxtatiş haqida qaror çiqardi.
Kun.uz’ning AQŞdagi muxbiri arka qurilişi rejalangan hududdan reportaj tayyorladi.
Xöş, Tramp nima uçun bunday arka qurmoqçi? Uning qurilişiga kimlar qarşi va sud qanday asoslarni keltirdi?
Gap balandligi taxminan 76 metr, yaʼni 250 fut bölgan ulkan inşoot haqida ketmoqda. Arka Vaşingtondagi Linkoln memoriali va Arlington milliy qabristoni oraliğidagi Memorial Circle hududida qurilişi rejalaştirilgan.
Oq uy taqdim etgan loyiha tasvirlarida inşoot oq rangda, oltin tusdagi bezaklar va tepasida uçta yirik haykal bilan tasvirlangan. Maʼmuriyat uni AQŞ tarixining 250-yilligini nişonlaş va mamlakat harbiy xizmatçilari xotirasini uluğlaş ramzi sifatida taqdim etmoqda.
Biroq loyiha atrofida jiddiy eʼtirozlar ham bor.
Arkning qurilişiga qarşi çiqqanlar orasida Vetnam uruşi faxriylari, Vaşington şahri va Virjiniya ştati vakillari bor. Ularning fikriça, bunday yirik inşootni quriş uçun Kongressning tegişli ruxsati talab etiladi. Şuningdek, quriliş transport harakatiga, hudud ekologiyasiga va Arlington qabristonining tarixiy muhitiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Nizoning asosiy nuqtasi esa huquqiy masala: AQŞ maʼmuriyati 1925-yilda qabul qilingan qonunni uşbu loyihaga asos qilib körsatmoqda. Daʼvogarlar esa bu qonun yangi monumental inşoot qurişga yetarli vakolat bermasligini taʼkidlamoqda.
5-noyabr kuni Milliy poytaxt rejalaştiriş komissiyasi loyihani 8 ovozga qarşi 4 ovoz bilan maʼqulladi. Bu quriliş uçun muhim bosqiç edi.
Ammo şu kunning özida federal sudya Tanya Çutkan quriliş bilan boğliq barça işlarni 14 kunga töxtatiş haqida vaqtinçalik taqiq çiqardi. Qaror qaziş, buziş, yerga işlov beriş, kommunikatsiyalar örnatiş va yöllarni yopiş kabi işlarni ham qamrab oladi.
Sudyaning dastlabki xulosasiga köra, daʼvogarlarning hukumat zarur qonuniy tartiblarni bajarmagan bölişi mumkinligi haqidagi eʼtirozlari jiddiy asosga ega. Sud, şuningdek, quriliş boşlansa, transport va boşqa infratuzilma bilan boğliq zarar yuzaga kelişi mumkinligini qayd etdi.
Oq uy esa komissiya tomonidan berilgan ruxsatni olqişladi va sud jarayoni davomida loyiha qonuniyligi isbotlanişiga işonç bildirdi.












