Yangi smartfon sotib olingaç, odatda eski smartfondan darrov xalos bölişga urinmaymiz. “U-bu joyda turib tursin, yana asqotib qolar”, deb öylaymiz odatda bunday vaziyatda. Biroq AQŞning Popular Mechanics naşri eski smartfonlarning “işsiz” yotişiga qarşi va ularni yana foydali qiliş yöllari bilan bölişdi.
Uy xavfsizligi tizimi
Eski telefonni quvvatlab, unga uy ortidan kuzatuv olib boruvçi dastur, misol uçun, AtHome Video Streamer’ni yuklang. Gadjetni şunday örnatingki, uning kamerasi siz kuzatmoqçi bölgan xona tomon qarab tursin. Yangi smartfonga AtHome Camera dasturini yuklab oling. U eski smartfondagi AtHome Video Streamer bilan sinxronlaştiriladi. Eski smartfoningiz biror harakat payqalganda yangi smartfonga bu haqida ogohlantiriş jönatadi.
Videoenaga
Buning işlaş prinsipi yuqoridagiga öxşaşdir. Ikkala smartfonga ham Cloud Baby Monitor, Dormi yoki Baby Monitor 3G smartfonidan birini örnating. Bolaning xonasida eski smartfon kamerasini bolaga yaqinroq qilib joylaştiring. Yöriqlarga amal qilib, bolangiz ortidan boşqa begona odam kuzata olmasligi uçun albatta maxfiylik sozlanmalarini örnating. WiFi parol bilan himoyalanganini tekşiring.
GPS-treker
Siz öz maşinangizni qayerga qöyganingizni esdan çiqarib qöyadiganlardan bölsangiz yoki uning olib qoçilişidan xavotirlansangiz, yangi telefonga “Nayti iPhone” yoki Find My Device dasturini örnating va ekranda çiqadigan yöriqlarga amal qiling. Eski qurilmani portativ quvvatlaş qurilmasiga ulab, uni bardaçokka solib qöying va avtomobilingiz xavfsizligiga qayğurmagan holda bemalol istagan joyingizga - işga, döstingiznikiga yoki dökonlarga borişingiz mumkin böladi.
Videoregistrator
Buning uçun eski smartfonga Autoboy Dash Cam kabi dasturlardan birini örnatib, smartfonni quvvatlaş manbasiga ulab, uni mahkamlagiç yordamida avtomobil peşoynasiga örnating va undan videoregistrator sifatida foydalanişni boşlang.








