Özbekiston akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi badiiy rahbari, xalq artisti Mansur Toşmatov mutaxassis bölmagan san'atkorlarning litsenziya olib, sahnaga çiqib ketaverişini tanqid ostiga oldi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Toşmatov 20 noyabr kuni Davlat boşqaruvi akademiyasida ötkazilgan «Yangilanayotgan jamiyatda yoşlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yeçimlar» mavzusidagi konferensiyada şu haqda gapirib ötgan.

«Köça-köyda oddiy odamlar meni tanib qolib, «San'atkorlarni juda köpaytirvordinglar-ku, har xili çiqib ketdi», deb aytişi menga alam qiladi. Bir xil paytda bunga nima deyişni bilmayman. Çunki men san'atkorlarni yetiştirib çiqarayotganim yöq.

Ba'zida imtihonlarga kelganimda konservatoriyani bitirayotgan ayrim talabalarning notöğri qöşiq aytayotganini köraman. Kafedra mudiridan: «Bu öqişga qanday kirib qolgan?» deb sörasam: «Test sinovlaridan ötib öqişga kirdi», deb javob beradi. Şu gap haligaça bor.

Xudoga şukur, bu yil test sinovlarida ijodiy sohalarga istisno böldi. Bir qator oliy ta'lim muassasalari abituriyentlarni test sinovisiz, ijodiy imtihonlar orqali yoki boşqaça şaklda saralab olişdi. Abituriyentlardan imtihonlarni qabul qiluvçilar ham mutaxassis bölişi şart», deydi Mansur Toşmatov.

Özbekiston xalq artistining fikriça, hozir mutaxassis bölmagan san'atkorlar köpaygan. Yoşlar ularga taqlid qilyapti, ularning yuriş-turişi, kiyinişi, hayotda özini tutişi, hattoki yuz tuzilişigaça öxşaşga intilyapti.

«Lekin ana şu san'atkor korservatoriyaning 1-kurs talabasinikiça ham saviyaga ega bölmay turib, katta sahnalarga çiqib ketmoqda. Menga köpinça: «Özbek estradasini qanday töğri yölga solişimiz kerak? Nima qilişimiz kerak?» deb savol berişadi. Muammolar köp. Masalan, san'atkor mutaxassismi, mutaxassis emasmi, bundan qat'i nazar, «Özbekkonsert»ga pulini tölab, litsenziya oladi-da, sahnaga çiqib ketaveradi. Televideniyeda qöşiqlari aylanadi. Şu – notöğri narsa.

«Özbekkonsert»ning öz badiiy kengaşi bor, ammo badiiy kengaşsiz ham mana şu narsalarni özlari hal qilişadi. Şu narsalarga köpinça biz ahamiyat bermayapmiz», – deya ta'kidladi Toşmatov.