Libertadores Kubogi finalida Braziliyaning «Flamengo» klubi Argentinaning «River Pleyt» klubini mağlub etib, boş sovrinni qölga kiritdi. Uçraşuv Peru poytaxti Lima şahridagi «Monumental de Ate» stadionida bölib ötdi. Öyinni Roberto Tobaro boşçiligidagi çililik hakamlar brigadasi boşqardi.
Öyinda hisob 14-daqiqadayoq oçildi, argentinaliklar hujumçisi Rafael Borre Ignasio Fernandesning pasini golga aylantirdi. Ammo brazillar öyinning sönggi daqiqalarida ikkita gol urib ğalabani ilib ketişdi, 89-daqiqada Gabriel Barboza Xiorxyana de Arraskayetaning pasidan keyin muvozanatni tikladi, öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Gabriel Barboza «Flamengo»ga ğalaba keltiruvçi golni urdi.
Transfer huquqi «Inter»ga tegişli bölgan Gabriel Barboza 12 öyinda jami 9 gol urib, turnir töpurari böldi.

«Flamengo» öz tarixida uşbu turnir finalida ikkinçi marta öynadi va ikkinçi marta ham ğolib böldi. «River Pleyt» finallarda 11 marta öynagan va faqat 4 marta çempion bölgan.
Libertadores Kubogi
Final
«Flamengo» Braziliya – «River Pleyt» Argentina 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 14 Borre, 1:1 – 89 Gabriel Barboza, 2:1 – 90 Gabriel Barboza.
Flamengo – Diyego Alves, Rodrigo Kayo, Mari, Rafinya, Filipe Luis, de Arraskaeta (Piris, 90), Everton Ribeyro, Arao (Vitino, 86), Jyerson (Diyego, 66), Gabriel Barboza, Bruno Enrike.
River Pleyt – Armani, Pinola, Kasko (Dias, 77), Montiyel, Palasios, Martines, Peres, Fernandes (Alvares, 69), de la Krus, Borre (Pratto, 75), Suares.
Ogohlantirişlar: Kasko (30), Suares (45), Mari (54), Peres (71), Rafinya (80), Gabriel Barboza (90).
Çetlatişlar: Palasios (90), Gabriel Barboza (90).















