Qatarda ötkazilgan klublar örtasidagi jahon çempionati yakuniga yetdi. 

Finalda Yevropa Çempionlar Ligasi ğolibi «Liverpul» va  Libertadores Kubogi sohibi «Flamengo» klublari töqnaş kelişdi. Bahsning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Qöşib berilgan bölimlarning birinçisida Roberto Firmino tomonidan kiritilgan töp mersisaydliklarga çempionlikni keltirdi. 

Şu tariqa «Liverpul» öz tarixida ilk bor klublar örtasida jahon çempioniga aylandi. «Flamengo» 2-örinni, «Monterrey» esa 3-örinni qölga kiritdi.

KJÇ-2019, final

Liverpul (Angliya) – Flamengo (Braziliya) 1:0
21 dekabr, «Khalifa International Stadium»
Gol: Firmino (99).
Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, Roberson, van Deyk, Keyta (Milner, 99), Oksleyd-Çemberlen (Lallana, 75), Henderson, Mane, Saloh (Şakiri, 120), Firmino (Origi, 106).
Flamengo: Diyego Alves, Rafinya, Filipe Luis, Mari, Rodrigo Kayo, de Arraskaeta (Vitino, 77), Jyerson (Linkoln, 102), Everton Ribeyro (Diyego, 82), Arao (Berrio, 120), Gabriel Barboza, Bruno Enrike.
Ogohlantirişlar: Mane (45), Saloh (81), Vitino (90), Firmino (100), Milner (105), Diyego (112).