Argentinaning «River Pleyt» klubi öziga tegişli «Monumental» stadionini kengaytiriş loyihasini boşlaganini e’lon qildi.

Arena siğimini hozirgi 85 mingdan 101 ming tomoşabinga oşiriş rejalaştirilgan.

«Bu tarixiy kun. «River Pleyt» sport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, rivojlantiriş va yetakçilik qiliş yölini davom ettirmoqda, stadionning Amerikadagi eng yirik va ahamiyatli maqomini mustahkamlab, yangi jahon standartini örnatmoqda», dedi klub prezidenti Stefano di Karlo.

Quriliş işlari aprel oyida boşlanişi rejalaştirilgan. Loyiha önta yetakçi quriliş kompaniyasi iştirokida tanlov asosida amalga oşiriladi. Işlarning taxminiy qiymati 100 million dollardan oşadi va rekonstruksiya qilişning umumiy davomiyligi taxminan 36 oyni taşkil etadi.

Işlar yakunlangaç, «Monumental» dunyodagi ikkinçi eng katta futbol arenasiga aylanadi. Nominal jihatdan eng katta futbol stadioni Pxenyandagi «Birinçi May Rungrado» stadioni (114 ming örinli) bölib qolmoqda, ammo u oxirgi marta 2017 yilda futbol öyinlariga mezbonlik qilgan. Rekonstruksiyadan söng faol foydalanilayotgan arenalar orasida Barselonadagi «Kamp Nou» (105 ming örinli) yetakçilik qilyapti.

«Monumental» stadioni 1938 yilda qurilgan. Uning arenasida jahon çempionati finali (1978), şuningdek, ikkita Amerika Kubogi finali (1987 va 2011) va Libertadores Kubogi finali (2024) ötkazilgan. «Monumental» 2030 yilgi jahon çempionati öyinlaridan biriga mezbonlik qilişi rejalaştirilgan.