Dam oliş kunlari Yevropada bir qator qiziqarli va dramatik öyinlardan taşqari, Janubiy Amerikada yilning eng muhim öyini bölib ötdi. Libertadores Kubogi (qit'aning Çempionlar Ligasi) finalida Braziliyaning «Flamengo» va Argentinaning «River Pleyt» klublari töqnaş keldi. Öyin ssenariysi esa 1999 yilgi «Kamp Nou» finalini eslatib yubordi. Öyinning 15-daqiqasida argentinaliklar hisobda oldinga çiqib olgan bölişsa, 89 va 90-daqiqalarda «Flamengo» ikki gol urib ğalabani ilib ketdi va 38 yillik tanaffusdan söng yana bir bor qit'aning eng asosiy sovrinini ega çiqdi. Quyidagi hikoyamiz esa öyin qahramoni va uning Yevropadagi muvaffaqiyatsiz sarguzaştlari haqida. 

«Flamengo»ning Libertadores Kubogidagi ğalabasi – tarixiy voqea. Jamoa bu sovrinni sönggi 38 yilda birinçi marta yutib oldi. Hozirda «Flamengo»da barça musobaqalarda ğoliblikka kuraşiş uçun hammasi bor – Filipe Luis, Rafinya, Diyego, Vitino kabi tajribali futbolçilar, şuningdek köp yillar «Benfika» va «Sporting»da muvaffaqiyatli işlagan portugaliyalik mutaxassis Jorji Jyezuş.

Final oldidan braziliyaliklarning imkoniyatini oşirib yuborgan yana bir omil esa jamoa tarkibida Gabriyel Barboza, hamma uçun Gabigol laqabi bilan maşhur bölgan hujumçi töp surdi. Öz vaqtida Yevropada muvaffaqiyatsizlikka uçragan, ammo öz vatanida yana faoliyatini tiklab, eski darajasiga qaytayotgan futbolçi.

2017 yilning yozida «Inter» Roberto Mançini bilan xayrlaşdi va niderlandiyalik mutaxassis Frank De Burni boş murabbiy etib tayinladi. De Bur ilk matbuot anjumanlaridayoq, eng muhim jihatlarni tilga ola boşladi:

- «Inter»da juda köp yoş iqtidorlar bor. Vazifam – yaqin kelajakda ularning asosiy tarkib a'zolariga aylanişiga yordam beriş. Kelajakda «Inter»ni yuqori darajalarga olib çiqa oladigan yoş futbolçilarni topiş. 

«Inter»ning öşa yozdagi transfer siyosati De Burning sözlarini tasdiqlaydi. Öşa paytda 23 yoşda bölgan Joao Mariu transferi uçun 40 million tölandi. Janluka Kaprari (22 yoş) 8,25 million, Dodo (24) 7,8 million va 22 yoşli Brozoviç 5 million yevro evaziga olib kelindi. Ular bilan birga Manay, Kamara, Krizetig, Dimarko, Nyukuri kabi yoşlar ham tarkibga qöşildi. Mana şunday yoşartiriş siyosatining bir qismi ölaroq «Inter» Gabriyel Barbozani sotib olgandi. Braziliyalik hujumçi uçun «neradzurri» öşanda 30 million yevro sarflagandi.  

Qiziği, butun bu armiyadan keyinçalik faqat Brozoviç öynab ketdi va hozir ham asosiy tarkib futbolçisi sanaladi. Gabigol esa «Inter»ning öşa muvaffaqiyatsiz transfer siyosati ramziga aylandi.