Bu belgi işlatilgan batareykalarni çiqindi qutilariga taşlaş qat'iyan taqiqlanişini anglatadi. Çunki özi barmoqdek keladigan bu mitti energiya manbalari inson salomatligi va tabiat uçun juda katta zarar yetkazadi.

Kiçkina demang bizni...

Bu energiya manbalari kiçkina bölişiga qaramay, zarari ançagina. Çiqindiga taşlangan batareykaning ustki qoplamasi turli taşqi ta'sirlar (issiq, eroziya) natijasida eriydi va unda saqlanuvçi kadmiy, simob, nikel, rux, qalay, magniy kabi zaharli moddalar «ozodlikka çiqadi». Bitta batareyka 20 metr kvadrat yer, 400 litr suv, ikkita daraxt, 1ta tipratikanni zaharlaşga yetadigan zararga ega.

Batareykadan havoga kötariladigan va suvga aralaşadigan zaharli moddalar kişida öpka saratoni, hazm tizimi a'zolari kasalliklari, suyak xastaliklarini keltirib çiqarişi mumkin. Batareykalarni bola öynab, oğziga solişiga mutlaqo yöl qöymaslik kerak!

Batareykalar umumiy çiqindining 0,25 foizini taşkil etsa-da, çiqindilardan atrof-muhitga yetadigan zararning naq 50 foizi ularning uluşiga töğri keladi.

Xorijda qanday?

Yevropa davlatlarida işlatib bölingan batareykalar utilizatsiya qiliş (qayta işlaş) uçun yiğib olinadi. Buning uçun barça dökonlar va muassasalarda maxsus idişlar ajratilgan.

Savdoga çiqariladigan yangi batareykalarning narxiga utilizatsiya çiqimlari ham qöşib hisoblanadi, ma'lum foiz ustama qöyiladi. Agar xaridor yangi batareyka xaridi çoğida işlatilgan batareykalarni taqdim etsa, muayyan çegirmaga ega böladi. Ğarb davlatlarida işlatilgan batareykalarning 50 foizdan ortiği utilizatsiya qilinadi. Misol uçun, Germaniyada avtomobil egasi yangi akkumlyator sotib olmoqçi bölsa, eskisini topşirişi şart, aks holda jarimaga tortiladi. Energiya manbalarini özboşimçalik bilan yöqotişga yöl qöyilmaydi.

Batareyka utilizatsiyasi xomaşyo sarfini kamaytiradi

Quvvat beruvçi batareyalar va akkumlyatorlar tarkibida qayta işlaşga yaroqli qismlar kam miqdorni taşkil etadi. Lekin yiğib olingan yaroqsiz batareykalarni qayta işlaş orqali yangi batareykalar, plastik, qora qalam, metall, qoğoz, öğit, avtomobil şinalari uçun qopalamalar oliş mumkin.