2019 yil 27 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Xalqaro migratsiya taşkilotining Şarqiy Yevropa, Janubi-şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça mintaqaviy direktori Argentina Sabadoş boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Senat axborot xizmatiga köra, uçraşuvda migratsiya masalalari böyiça ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari muhokama etildi.

Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari yuzasidan takliflar bildirildi. Xususan, tomonlar Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi hamda Xalqaro migratsiya taşkiloti örtasida hamkorlik böyiça 2020-2021 yillarga amaliy çora-tadbirlar rejasini qabul qilişga kelişib oldilar.