Bugun, 29 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi hamda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida «Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytiriş va tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori ijrosi yuzadigan amalga oşirilayotgan işlarga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Berilgan ma'lumotlarga qaraganda, 2019 yilda 13 mingdan ortiq oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan ayollar bandligini ta'minlaş belgilanib, hozirgi kunga qadar 11 mingdan ortiğining (83,7 foiz) bandligini ta'minlaşga erişilgan. 14ta hududda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan, tadbirkorlik istagini bildirgan 18 mingdan ziyod xotin-qizlar qisqa öquv kurslarida öqitilgan. Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida 5 ming 116 nafar xotin-qizlarga 128 mlrd. 909 mln. söm kredit mablağlari ajratilgan.
Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamoat fondi bilan Xalq bankining 2019 yil 8 maydagi 1-sonli Boş kelişuvga asosan 100 mlrd. söm resurs ajratilib, şundan 3 ming 135 nafar xotin-qizlarga 83 mlrd. 766 mln. söm kredit mablağlari berilib, 4 ming 682 nafar xotin-qizlarga iş örinlari yaratildi.

«Xotin-qizlarimiz bilan boğliq eng katta muammolarga töxtalganimizda men ularning huquqiy savodxonligini oşiriş lozimligiga e'tibor qaratmoqçiman. Afsuski, ayollarimiz biror serialni qoldirmay körişadi, qöşnilari bilan soatlab gaplaşib ötirişadi. Ammo öz huquqlariga kelganda e'tiborsizlik qilişadi», dedi Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisining örinbosari Mukarram Nurmatova köplab ayollar onalik ta'tilidan söng işga qayta olmayotganlari, ayniqsa xususiy sektorda bu muammo köp kuzatilayotgani böyiça izoh berib.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi boşliği Qudratillo Odinayev bu masala böyiça izoh bildirdi.
«Vazirligimiz işonç telefonlari, saytimizdagi onlayn aloqalar muntazam işlab turibdi. Ana şunday hollarda bizga murojaat qilsalar, töğridan-töğri inspeksiyamiz tomonidan muammo albatta örganib çiqilib, qonuniy çora köriladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
UPD: Xabarning birinçi variantida Mukarram Nurmatova







