20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror ijrosini ta'minlaş yuzasidan hududlarda olib boriladigan tarğibot tadbirlarini taşkil etiş masalasi yuzasidan muhokama ötkazildi.
Unda mas'ullar töy-haşamlar mavzusida Özbekiston Xotin-qizlar qömitasiga alohida vazifa yuklanayotganiga alohida urğu berişdi.
«Töy-haşamlar mavzusida, albatta, ayollarning ahamiyati katta. Şuning uçun bu borada ötgan yildan beri yaxşi tarğibot işlari olib borildi», deya Özbekiston xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlaşiça, uşbu qarorga norozi bölişi mumkin tadbirkorlarga ham yeçim berilayotgani, ya'ni ming kişilik töyxona qurgan odamlarga binosini mehmonxonaga aylantiriş töğrisida taklif berilayotgani ularning qarorga xayrixohligini oşiradi.
«Lekin joylarga borganda juda köp savollarga javob berişga tayyor bölib borişimiz kerak. Tahlil qila olişimiz kerak. Masalan, heç qaçon mahalla posboni töyda iştirok etayotgan odamlarni töyxonaga kirib sanay olmaydi. Buni xalq qabul qilmasligi ham tabiiy. Bu borada töy egasi – töyxona – mahalla hamkorligini kuçaytiriş zarur bölar», deydi Xotin-qizlar qömitasi örinbosari.
Bundan taşqari, Mukarram Nurmatova turli masalalar yuzasidan köpinça asosiy örinda xotin-qizlar turişi ta'kidlanişini, lekin tanganing ikkinçi tomoni ham borligini ta'kidlab ötdi.
«Aslida, biz köp örinlarda erkaklarning örnini ham kuçaytirişimiz kerak. Masalan, bitta körsatuvning tasvirga oliş jarayonida maktabgaça ta'lim taşkilotidan göşt olib qolgan ayol masalasi muhokama qilinib, qaçon ayollarni tartibga çaqirasizlar, degan savollarni berişgandi. Lekin agar uyda bolalari ta'minlangan bölsa, öşa ayol heç qaçon bunaqa qilmaydi.
Islom dinida ham, zamonaviy yondaşuvda ham erkaklarning örni alohidaligini hisobga olib, ularning rolini oşirişga alohida e'tibor qaratiş zarur», deya taklif berdi Xotin-qizlar qömitasi örinbosari.








