2019 yilning noyabrida iste'mol narxlari darajasining oy davomidagi örtaça ösiş sur'ati 1,7 foizni taşkil etdi. Bu haqda Davstatqöm xabar bermoqda.

2019 yil boşidan iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 13,3 foizga qimmatlaşdi. 2018 yilning noyabr oyiga nisbatan respublika iste'mol sektoridagi örtaça narxlar darajasi 15,6 foizga oşgan. 

Taqqoslaş uçun: 2018 yilning noyabrida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida örtaça 2,3 foizga, 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 12,0 foizga, 2017 yilning noyabriga nisbatan esa 16,5 foizga qimmatlaşgan. 

Örtaça oylik narx indekslari ösiş sur'atining hisoblaniş tartibiga köra, 2019 yilning yanvar-noyabr oylari davomidagi iste'mol narxlari indeksi 1,1 foizni, 2018 yilning yanvar-noyabrida esa 1,0 foizni taşkil etgan. Şu tariqa, noyabr oyi davomida umumiy iste'mol narxlari indeksi joriy yilning yanvar-noyabr oylaridagi örtaça oylik ösiş sur'ati körsatkiçidan 0,6 darajaga yuqori böldi. 

2019 yilning yanvar-noyabr oylari davomidagi narxlarning eng yuqori ösişi va pasayişi avgust (ösiş sur'ati 2,9 foiz) hamda iyun (pasayiş darajasi 0,5 foiz) oylariga töğri keladi. Şu tariqa, joriy yilning noyabr oyidagi iste'mol narxlari indeksi ösiş sur'ati 2019 yilning yanvar-noyabr oyidagi maksimal körsatkiçdan 1,2 darajaga past, minimal natijadan 2,2 darajaga yuqori böldi. 

Taqqoslaş uçun: ötgan yilning mos davridagi qisqa davrli oylik iste'mol narxlari indeksi dinamikasi tahlili natijalariga köra, umumiy körsatkiçning eng yuqori ösişi yanvar oyida (2,7 foiz), sezilarli darajada pasayişi esa iyun oyida (0,4 foiz) qayd etilgan. 

2019 va 2018 yillarning ön bir oyi davomidagi qisqa davrli oylik umumiy iste'mol narxlari indeksi taqqoslaş natijalari şuni körsatmoqdaki, körsatkiçlar orasidagi maksimal çekiniş yana avgust oyida (2019 yildagi 102,9 foizga qarşi 2018 yildagi 100,3 foiz), noyabr oyidagi farq esa 0,6 darajani taşkil etgan (2019 yil noyabrdagi 2,3 foizga qarşi 2018 yil noyabr oyidagi 1,7 foiz). 

Ötgan yilning oxiriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 14,8 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 10,4 foiz va xizmatlar 14,9 foizga qimmatlaşgan.