Hozirda qamoqda saqlanayotgan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Başirga 1989 yildagi harbiy davlat töntarişida iştirok etgani va Sodiq-al Mahdiy rahbarligidagi hukumatni ağdargani uçun ölim jazosi xavf solmoqda. Bu haqda Independent Online naşri xabar berdi.

Sudan boş prokurori Toj Al-Xiber 1989 yil 30 iyunda al-Başirni hukumat tepasiga olib kelgan davlat töntarişini tergov qiliş böyiça qömita taşkil etgandi. Qömita xulosasi Sudandagi konstitutsion tuzumni ağdarişda ayblangan şaxslar ustidan sud hukmi çiqarilişi uçun asos böladi.

"Agarda sobiq prezident aybdor deb topilsa, u ölim jazosiga yoki umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilinadi", - deb yozadi naşr.

Sudanni 30 yil boşqargan al-Başir 11 aprelda harbiylar tomonidan davlat rahbarligidan çetlaştirilgandi. Hukumat boşqaruvini harbiy kengaş öz qöliga olgan. Sentyabrda esa muvaqqat hukumat şaklantirildi.