Bugun, 5 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi Noşirlik matbaa sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaş kollejining oçiliş marosimi bölib ötdi.

540 nafar öquvçiga möljallangan muassasa binosi qisqa vaqt içida töliq kapital ta'mirdan çiqarildi. Xalqaro ta'lim standartlariga mos şart-şaroitlar, darsxonalar va öquv laboratoriyalari yaratilib, ta'lim maskani zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta'minlandi.

Bilim dargohida sohaga oid kitob va elektron darsliklar fondiga ega katta axborot-resurs markazi, kompyuter va öquv-amaliyot xonalari, kiçik bosmaxonalar, barça şaroitlarga ega sport zali öquvçilarga xizmat körsatadi.

«Respublikada yagona hisoblangan uşbu kollejni qayta ta'mirlaş jarayonida nafaqat uning körinişi, dizayni va şaroiti, balki butun öquv rejalari, uslubiy qöllanmalari, metodikasini ham işçi guruhi tuzgan holda qayta örganib çiqmoqdamiz. Hozirda poligrafiya sohasini rivojlantiriş böyiça katta yöl xaritamiz bor», deya Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Beş yönaliş - «Matbaa işlab çiqariş texnik-texnologi», «Dasturiy injiniring texnigi», «Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori», «Axborot resurs markazi kutubxonaçisi», «Buxgalteriya hisobi va audit» böyiça mutaxassislar tayyorlovçi kollejda Özbekiston va Markaziy Osiyo matbaa-noşirlik sohasining tarixi va bugunidan hikoya qiladigan «Matbaa tarixi» muzeyi ham taşkil etildi.

Şuningdek, tadbirda agentlik direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva ham sözga çiqib, muassasa öquvçilariga ulkan zafarlar tiladi.

«Mening döstlarim. Sizlarga eng yuqori marralarga erişişlaringizni tilayman. Kelajagingiz uçun barça eşiklar oçiq. Sizlar uçun hozir eng zör vaqt. Töğri eşiklarni oçing va eng zör eşiklarni tanlang. Taqdiringiz öz qölingizda. Öz maqsadlaringizga erişişingizga işonamiz va yutuqlaringizdan hamişa quvonamiz», dedi Saida Mirziyoyeva öz nutqida.