Bugun, 8 dekabr kuni Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, taniqli şoir Abduvali Qutbiddin 59 yoşida Toşkent şahrida vafot etdi.
Ma'lumotlarga köra, Abduvali Qutbiddin betobligi sabab, ikki haftadan ortiq vaqt davomida şifoxonada bölgan.
Janoza bugun, 8 dekabr kuni marhumning ota yurti Samarqand viloyatining Urgut tumani, Mergança mahallasida soat 14:00da öqiladi va Urgutning Söfiyon mahallasidagi Çor çinor ziyoratgohi qabristonida, bobosi, taniqli olim şayx Qutbiddin Muhiddinov yonida dafn etiladi.
Abduvali Abdumöminoviç Qutbiddinov 1983 yil Toşkent davlat universitetining (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Samarqand viloyatining «Zarafşon» gazetasida boşlab, keyinçalik Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyotida, «Yozuvçi» naşriyotida, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, «Xalq sözi» gazetasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
Şoirning «Nayson», «Humo», «Baxtli yöl», «Bor» (saylanma, 2011) kabi şe'riy töplamlari, «Ozodlik» nomli dostoni çop etilgan.
Abduvali Qutbiddin «Döstlik» ordeni bilan mukofotlangan.
Sayt tahririyati marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor etadi.













