Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasi «Human» agentligi mansabdor şaxslariga nisbatan oçilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari yakunlanib, iş sudga oşirilganini ma'lum qildi.

«Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «HUMAN xususiy bandlik Agentligi» MÇJ rahbari Ş.Fayzullayevga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat işi böyiça ayblov xulosasi Toşkent viloyat prokuraturasi tomonidan 11.12.2019 yilda tasdiqlanib, jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudiga yuborildi.

Jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida ayblanuvçi Ş.Fayzullayevga tegişli bölgan xonadonlar, avtomaşinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topşirilgan.

Şuningdek, «HUMAN xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda köp miqdordagi pul mablağlari 11ta xöjalik yurituvçi sub'yektlarga turli yöllar bilan köçiriş orqali özlaştirilgan qismi jinoyat işi qözğatgan holatda alohida iş yurituvga ajratildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda körilayotgan jinoyat işlari doirasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararlarni töliq qoplaş çoralari körilmoqda», deyiladi boş prokuratura xabarida.

Şu yilning 18 sentabr kuni Özbekistondagi ilk xususiy bandlik agentliklaridan biri – «Human XBA» litsenziyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 10 kun muddatga töxtatilgani haqida xabar qilingandi. 20 sentyabrda agentlik rahbari Şohnur Fayzullayevga nisbatan jinoiy iş qözğatilgani va JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandida közda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvçi sifatida jalb etilgani, Fayzullayev ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingani haqida ma'lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi «Human» xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziyani töxtatgan.