«Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ faoliyatiga oid sud jarayonida xorijga ketiş orzusida turli miqdordagi mablağlarga çuv tuşgan fuqarolar Oliy sud sudida qatnaşmaydi. Bu haqda Toşkent şahridagi Interpol milliy markaziy byurosida IIV tomonidan «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinişiça, ular öz hududlaridagi viloyat sudlarida taşkil etiladigan videokonfrensaloqa vositalari orqali iştirok etişadi.

«Olis sud tomonidan fuqarolarga uşbu iş qaçon, qayerda va qay tartibda körilişi böyiça rasmiy ma'lumot beriladi. Şuni aytişim mumkinki, jabrlanuvçilar respublikaning turli hududlaridan ekanligini inobatga olgan holda sud majlisida özlari yaşab turgan viloyat markazlaridagi sudlarda böladigan videokonfrensaloqa vositalari yordamida iştirok etişadi. Heç kim Toşkentga kelib-ketib yurmaydi.

Sud tomonidan çaqirilganda, aytilgan muddatga uyuşgan tartibda borib, öz körsatmalaringizni videokonfrensaloqa vositalari yordamida beriş söraladi. Tezroq körsatma berilsa, sud tomonidan ham qonuniy qaror tezroq çiqadi», deya IIV Tergov departamenti boşliği örinbosari Oybek Qulbekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV rasmiysining aytişiça, ayni paytda «Korean and migration» hamda «Profelite IMP» xususiy bandlik agentliklari böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilyapti.

Tadbirda agentlikning ayrim hududlardagi vakillari hamda aldangan fuqarolar ham qatnaşdi.

«Human xususiy bandlik agentligi» MÇJning bir muddat Farğona viloyatidagi vakili bölib faoliyat yuritgan Inomjon A'zamovning aytişiça, u ham firma rahbariyatining fikrlariga işonib, hamkorlikda işlaşga rozi bölgan.

«Agentlikning Farğonadagi vakili sifatida 10 oy menejyer lavozimida işladim. Şartnoma tuzişayotganda bizni ham işontirişgan. Bir qança davlat bilan imzolagan şartnomalarini körsatişgan. Faoliyatim davomida 87 nafar fuqaro bilan şartnoma tuzganman. Ular bilan haligaça aloqadaman. Yarmi qarindoş-uruğim, sinfdoşlarim böladi.

Agentlik faoliyati böyiça qilinayotgan işlarni tez-tez ommaga taqdim etsalaringiz yaxşi edi. Çunki pul berib, aldangan fuqarolar bizning gapimizdan köra, sizning ma'lumotlaringizga köproq işonişadi, turli namoyişlar ötkaziş fikridan qaytişadi. Sud qaçon ötkazilişi, ular pulini qanday olişi haqida ham ma'lumotlar oçiq havola qilinib borilsa, degan fikrdaman. Har kuni 30-40 nafarining savoliga javob qaytaraman.