Bugun, 16 dekabr kuni, jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida «HUMAN xususiy bandlik Agentligi» MÇJ rahbari Şohnur Fayzullayevga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni boşlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
«Sudlanuvçi Ş. Fayzullayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi, 179-moddasi (soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi «a» bandi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste'mol qiliş), 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 2-qismi «a» bandi va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Dastlabki tergov organi tomonidan qöyilgan ayblovga köra, Toşkent şahrida joylaşgan «HUMAN xususiy bandlik agentligi» MÇJning rahbari Ş. Fayzullayev va boşqalar respublikamiz viloyatlarida vakolatxonalar taşkil etib, jamiyat taşkil topgan kundan 2019 yil 13 sentyabrga qadar bölgan vaqt oraliğida fuqarolarni Germaniya, Çexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva davlatlariga işga joylaştirişni va'da qilib, har bir fuqarodan taklif etilgan işdan kelib çiqqan holda 6 300 000 sömdan 35 000 000 sömgaça pullarni agentlikning bank hisob raqamiga tölaş yöli bilan qölga kiritib, uşbu fuqarolarni heç qayerga yubormasdan, özganing juda köp miqdordagi pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritişgan.
Bundan taşqari, Ş.Fayzullayev özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, boşqa şaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, tuzilgan jinoiy reja asosida «HUMAN xususiy bandlik agentligi» MÇJni taşkil etib, AKIB «Ipoteka bank» Yakkasaroy filialidan jamiyat hisob raqamini oçib, ğayriqonuniy yöllar bilan boylik orttiriş maqsadida, tovarlar savdosi qoidalarini juda köp miqdorda buzib, 143 080 000 söm pul mablağlarini korxonaning buxgalteriya hisob registrlarida tegişli tartibda aks ettirmasdan, belgilangan tartibda bank muassasasiga topşirmagani, jamiyatning birlamçi buxgalteriya hujjatlarini yaşirib, nobud qilib, hujjatli tekşiruvga taqdim qilmagani, jinoiy yöl bilan topilgan pullarning kelib çiqişiga qonuniy tus berişga erişgani, soxta tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, öz mansab vakolatidan qasddan foydalanib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga juda köp miqdordagi zarar yetkazgani aniqlangan», deyiladi xabarda.
Jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilgan.







