Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida birinchi galda OAVga tayanadi - Senat raisi
Senatning 25-yalpi majlisini ochish vaqtida Tanzila Norboyeva Senatning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Senat faoliyati haqida gapirganda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalasiga alohida to‘xtalmoqchiman.
Yuqori palataning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi hech qachon bugungiday faol bo‘lmagan desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, oxirgi 3 yilda hamkorlik mexanizmlari butunlay yangicha yondashuvlar asosida takomillashtirildi. Senat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan matbuot anjumanlari va brifinglar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi. Internetdagi deyarli barcha faol ijtimoiy tarmoqlarda Senat kanallari ochildi. O‘z tadbirlarimizni, jumladan yalpi majlislarimizni boricha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatyapmiz.
Lekin bu ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligimizning ilk odimlari, xolos. Senat qonunlarni targ‘ib qilish hamda parlament nazoratini amalga oshirishda, qolaversa jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlarida birinchi galda ommaviy axborot vositalariga tayanadi. Shu bois, bu o‘zaro hamkorlik yanada kengayishiga ishonchim komil. Hammamiz bir haqiqatni to‘g‘ri anglashimiz kerak: bugungi parlament - kechagi parlament emas.”, - deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026