Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva AQŞ Kongressi Vakillar palatasi kongressmenlari Jeyson Smit, Greg Merfi, Ronni Jekson va Edvard Keysdan iborat delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston va AQŞ örtasidagi parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.
Tomonlar Özbekiston Oliy Majlisining parlamentlararo guruhi va AQŞ Kongressi örtasidagi aloqalar, şuningdek, AQŞ Kongressidagi «Özbekiston böyiça kokus» faoliyati ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirişda muhim örin tutayotganini qayd etdi.
Parlament diplomatiyasi orqali dolzarb masalalarni muhokama qiliş va özaro manfaatli yeçimlarni topiş hamkorlikning samarali mexanizmlaridan biri ekani taʼkidlandi.
Muloqot davomida parlamentlararo aloqalarni yanada faollaştiriş va parlament qömitalari örtasidagi hamkorlikni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, Özbekiston hududlari va AQŞ ştatlari örtasida töğridan töğri aloqalarni yölga qöyiş, mahalliy davlat hokimiyati organlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, sanoat va qişloq xöjaligi sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda özaro manfaatli investitsiyaviy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş istiqbollari körib çiqildi.
Bundan taşqari, mehnat munosabatlari va gender tenglik masalalariga töxtalib ötilib, uşbu yönalişlarda tajriba almaşiş va hamkorlikni rivojlantiriş böyiça takliflar bildirildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston va AQŞ örtasidagi parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlaş, amaliy hamkorlik yönalişlarini kengaytiriş va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş muhimligi taʼkidlandi.

















