IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «HUMAN xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti boşliği örinbosari Oybek Qulbekov Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

IIV rasmiysining sözlariga köra, joriy yilning 20 sentabr kuni jamiyat rahbari Şohinur Fayzullayevga JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Tergov jarayonida mingdan ziyod fuqaro jabrlanuvçi va fuqaroviy da'vogar, deya e'tirof etildi hamda ularga MÇJ tomonidan jami 21 milliard sömdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.

 Dastlabki tergov davomida Ş.Fayzullayevga tegişli bölgan xonadonlar va avtomaşinalar olingan bölib, ular 6 milliard sömdan köproq narxga baholangan. Bundan taşqari, jamiyat ofisida va boşqa joylarda bölgan mol-mulklar ham xatlanib, 350 million sömdan ziyod narxga baholangan.

Tergov depatramenti boşliği örinbosari Oybek Qulbekov

 Şuningdek, zararni qoplaş maqsadida Ş.Fayzullayev tomonidan turli xöjalik yurituvçi sub'yektlarning hisob raqamlariga ötkazilib, kelib çiqişiga qonuniy tus berilgan 1,5 milliard sömga yaqin pul mablağlari xatlanib, IIV huzuridagi depozit hisob raqamiga topşirilgan. Uşbu mol-mulklar keyinçalik sudning qonuniy qarori bilan sotilib, depozitdagi pul mablağlariga qöşiladi va jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaş uçun qaytariladi.

 «Şuni ta'kidlaş lozimki, tergov idorasi fuqarolarga yetkazilgan zararni töliq qoplaş çoralarini köriş maqsadida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan odamlardan olingan juda köp miqdordagi jami 15 milliard sömga yaqin pul mablağlari 11ta xöjalik yurituvi su'bektlarga «turli xil maqsadlarda» ötkazilib, ularni kelib çiqişiga qonuniy tus berilgani va qinğir niyatli «tadbirkorlar» yordamida naqdlaştirilib, özlaştirilgani aniqlandi.

Ayni paytda mazkur soxta işbilarmonlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Biz ulardan uşbu pul mablağlarini qaytarişga qaratilgan barça kuç-vositalarni işga solib, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplaş çoralarini köramiz», dedi Tergov depatramenti boşliği örinbosari Oybek Qulbekov.