Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.
«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlaş - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilişini ta'minlaş, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuçaytiriş, advokatning dalillar töplaş va taqdim etiş huquqini kengaytiriş, ularning kafolatlarini ta'minlaş, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta körib çiqiş, şu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlaştiriş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.
Özbekiston içki işlar vaziri Pölat Bobojonov tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan Jasliq koloniyasi böyiça qöşimça ma'lumot berdi.
«Odamlar örtasida yomon nom qozongan 19-Jasliq koloniyasi yopilgani hammaga ma'lum. Hozirgi vaqtga kelib, bu koloniyada joylaşgan barça mahkum - 361 nafar şaxs boşqa koloniyalarga köçirildi. Ular faqat bitta koloniyaga emas, balki bir neçta koloniyaga köçirildi. Bu mahkumlar uçun hamma şaroit yaratib berildi. Jasliq koloniyasining boşqa taşkilotlarga berilişi öz vaqtida hal qilinadi», - deydi Pölat Bobojonov.








