Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.

«Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy özgarişlar, saylovoldi taşviqotini yakunlaş, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantiriş istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.

Tadbir davomida «RBK-Novosibirsk» telekanali rahbari söz oldi. U Oliy Majlis Rossiyada işlayotgan fuqarolar taqdiri haqida öylayaptimi, degan savol bilan murojaat qildi. 

«Biz uçun xorijdagi vatandoşlarimiz masalasi juda muhim ahamiyatga ega. Prezidentning özi Rossiyada bölib turgan, u yerda yaşaydigan hamyurtlarimizga katta e'tibor qaratmoqda. Biz ötgan yili va şu yil davomida 6ta konsullik muassasasi oçdik. Bu konsulliklarning asosiy vazifasi - fuqarolarimiz manfaatini himoya qiliş. Rossiya bilan migrantlar masalasi böyiça juda yaxşi bitim imzolangan. Şuning uçun hozirda migrantlar töla himoyalangan. Hattoki, migrantlarning pensiya masalasi hal qilinmoqda», - deya javob qaytardi Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov.

Şuningdek, rossiyalik jurnalist migrantlar masalasida gapirib, «migrantlarni ikkinçi darajali kişi deb hisoblaşni bas qiliş» kerakligi haqida aytdi. Ilhom Ne'matov şunday javob qaytardi:

«Heç kim ularni «ikkinçi darajali» kişi sifatida körmaydi. Ular bizning fuqarolar hamda biz ularning manfaatini har qanday yöl bilan himoya qilamiz», - dedi Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov.

Tadbir yakunida Kun.uz muxbiri tadbir moderatori Şerzod Qudratxöjayev va «Amerika ovozi» radiosi muxbiri Navbahor Imomovadan uşbu savol böyiça fikrini söradi.

Şerzod Qudratxöjayev, tadbir moderatori:

- Agarda kimda-kim Özbekistondan borgan migrantlarni, mehnatkaş odamlarni «ikkinçi sort» odamlar, deb gapiradigan bölsa, ular manqurt odamlar böladi. Çunki ular ikkinçi jahon uruşida özbeklarning Rossiya, Belorusiya va boşqa davlatlardan kelgan odamlarga uy, ovqat berib, bolalarini öz bolasidek katta qilganini unutgan.

Özbek uruş paytlarida öz ğallasini özi yemay frontga yubordi, bir yarim million odamini yöqotdi. Qaytaraman, bugun mana şu voqealarni kim unutgan bölsa, ular manqurt, ular savodsizdir.