17 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bölib ötgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Şerzod Qudratxöjayev saylovçilar röyxatida kuzatilayotgan çalkaşliklar, xususan, ayrim fuqarolarning ism-şarifi özlari umuman bormagan, yaşamagan hududlardagi saylovçilar röyxatidan çiqayotganiga töxtalib ötdi.

«Ijtimoiy tarmoqda kördikki, Surxondaryoning Şörçi tumanida doimiy röyxatda turgan fuqaroning ismi-şarifi Uzun tumanidagi 733-saylov uçastkasi saylovçilari röyxatidan çiqqan. Bu fuqaro umrida bu joyga bormagan ekan. Bu kiçkina kamçilikday körinişi mumkin, lekin bu kabi çalkaşliklar, xatolar jamoatçilikning muhokamalariga, haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda. Yurtdoşlarimiz saylovçilar röyxati uyma-uy yurib şakllantirilgan bölsa, qayerdan paydo böldi, deb söraşmoqda», deya Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Şerzod Qudratxöjayevning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Berilgan ma'lumotlarga köra, saylovçilarning yagona elektron röyxatida e'lon qilingan saylovçilar soni 20 million 503 ming 462 nafarni taşkil etmoqda. Ulardan 10 147 772 nafari erkaklar, 10 355 690 nafari ayol saylovçilardir. Saylovçilarning 1 721 358 nafari yoki 8,4 foizi xorijiy davlatlarda tuzilgan 55ta saylov uçastkalariga biriktirilgan. Qolgan qismi respublikamiz hududidagi 10 260ta saylov uçastkalaridan birida ovoz berişi kutilmoqda.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlarda ayrim deputatlikka nomzodlarning plakatlaridagi qöpol xatolar haqidagi çiqişlarni, ularga nisbatan yurtdoşlarimizning bildirgan munosabatlarini ham kuzatib borayotgani va tarğibot plakatlarida yöl qöyilgan bunday kamçiliklarni keskin qoralaşi ma'lum qilindi.

Mahmud Istamov

«Bu siyosiy partiyalar tomonidan ham, deputatlikka nomzodlar tomonidan yöl qöyilgan xatolik emas, saylovçiga bölgan hurmatsizlik deb baholaymiz. Joriy yil saylovlariga şunça katta tayyorgarlik körilib, uni yuqori saviyada taşkil etiş va ötkaziş uçun butun jamiyat safarbar etilgan, saylovçilarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy madaniyati yuksalib, talablari ortib borayotgan bir paytda bir qaraşda arzimas, biroq insonni, saylovçini kayfiyatiga salbiy ta'sir etişi mumkin bölgan bunday holatlarga yöl qöyilişini heç narsa bilan oqlab bölmaydi.

Bu masalada biz partiyalar bilan boğlandik. Ular kamçiliklar bartaraf etilgani töğrisida ma'lumot berişdi. Şunga qaramasdan bu masala ijtimoiy tarmoqlarda ança-munça muhokama mavzusiga aylanib bölgan edi. Albatta aminmanki saylovçilar saylov kuni bunday holatlarga yöl qöygan partiya va nomzodlarga nisbatan özining keskin munosabatini bildiradi», deydi MSK raisi örinbosari Mahmud Istamov.