Forumda Özbekiston ta'lim tizimida xorij tajribasini joriy qiliş, kredit-modul tizimi afzalliklari, uni joriy etişdagi muammolarni bartaraf qiliş haqida fikrlar, taklif va mulohazalar bildirilmoqda.
Tadbirda sözga çiqqan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja öz fikrlari bilan bölişdi.
«Yangi universitetlarga osonroq. Buni tasdiqlayman, yangi universitetda işlaş osonroq. Çunki 100 yillik tarixga ega universitetlarda öziga yaraşa muhit böladi, u joyda işlayotgan odamlarni sindirib taşlolmaysiz, avlodlar konflikti böladi — şu kabi muammolar.
Yangi universitetlarda ham qoğozbozlik, yugur-yugur kabi qiynaydigan muammolar bor, lekin bizni qutqaradigan narsa bu kredit-modul tizimi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti uşbu tizimga ötdi.
Bizda hozir kontrakt uçun 8 mln sömni köp deb hisoblaşadi, lekin bola yaxşi ta'lim olişi uçun 8-10 mln söm yaxşi deb hisoblayman. Bilamizki, xususiy ta'lim maktablari bor, u yerda bir oyda 3.5-4 mln sömgaça tölanadi. Hatto şunday boğçalar bor. Nega endi professorlar dars beradigan joyda 8 mln sömni ayaymiz. Agar biz ta'limdan pulni ayaydigan bölsak, bu kelajagimizga bolta uriş.
Bugun oliy ta'lim uçun nafaqat universitetlar, rektorlar, professorlar, balki xalqimizning ham dunyoqaraşi özgarişi kerak. Xalqimiz öz pulini faqat uy qurişga, töy ötkazişga emas, balki bolasi tarbiyasiga, ta'limiga ham ajratişi zarur. Köpçilik ta'lim va tarbiyani maktab yoki universitet beradi, deb öylaydi. Bu ham notöğri tasavvur.
Qotib qolgan stereotiplarni yengiş uçun ba'zida taşqi dunyoga çiqib turiş kerak. Qozoq universitetlari misolida özim uçun katta örnak oldim. Universitetlarda şunday xonalar qilinganki, bunga faqat davlat emas, xususiy kompaniyalar, tadbirkorlar, xorijiy davlatlar yordam bergan, ularga laboratoriyalar ajratilgan. Bizda ham hamma narsaga universitetlarning puli yetmaydi. Lekin jamoatçilikni, biznes vakillarini jalb qilişimiz mumkin», dedi Şerzodxon Qudratxöja.







