MSK a'zosi Şerzod Qudratxöjayev bu yilgi saylovlarda juda köp ijobiy signallar qayd etilgani haqida gapirib, 30 yoşdan kiçik bölgan 9 nafar deputat parlamentga saylangani haqida ma'lumot berdi.
«Hozirgi bosqiçda 9 nafar 30 yoşdan kiçik deputat saylandi, ötgan safar 2 nafar edi. Bu raqamlar ikkinçi turdan keyin yana oşişi mumkin.
Qolaversa, saylanganlarning 90 foizi özbeklar, qolganlari tojiklar, qozoqlar, ruslar, qirğizlar, turkmanlar va koreyslardir. Bu xalqimizning saylovçilarga xolisona, millatiga qaramasdan baho berganini körsatadi.
Yana bir yaxşi körsatkiç şuki, ayollar soni ham oşgan. Hozirgi bosqiçning özida 34 nafar ayol saylangan, bu 27 foiz degani. Ikkinçi turdan keyin bu raqamlar yana oşadi.
Hozir ikki partiya örtasida raqobat keçmoqda. Odatda ÖzLiDeP katta ustunlik bilan ğolib böladi. Hozir esa şunday holat yuzaga kelganki, ikkinçi turdan keyin ikkinçi partiya («Milliy tiklaniş») oldinga ötib olişi va bu partiya boş vazirlikka nomzodini körsatişi ham mumkin», deya Qudratxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qöşimça qilinişiça, avvalgi parlament deputatlaridan 36 nafari (29 foiz) qayta saylangan, jami 45 nafar amaldagi deputatning nomzodi saylovga qöyilgandi.
MSK Qonunçilik palatasi deputatligiga saylangan nomzodlar tarkibi tahlilini diagrammalarda keltirdi.





Saylov natijalariga köra, 150 örinli parlamentga hozirça 125 nafar deputat saylangan, yana 25ta okrugda 5 yanvar kuni ikkinçi tur ötkaziladi.







