Özbekiston Liberal demokratik partiyasi vakili Nuriddin Murodov Özbekistonda siyosiy partiyalarning vakolat doirasi keng emasligini aytib, hamkasblarini xalqqa turli va'dalar beraverişdan tiyilişga çaqirdi.

«Ayrim nomzodlar vakolatiga kirmaydigan va'dalarniyam berib yuboryapti. Bu narsani ertaga bajara olmasligi, va'dasi quruq bölib qolişi mumkin. Özi deputatning 3-4ta vakolati bor. Agar biz partiya oldiga qandaydir masalani qöyib, unga partiya orqali yeçim topişni istasak, saylov tizimini özgartirişimiz kerak. Partiyalar hukumatni şakllantirsa, qandaydir va'dani bera oladi. Hozir odamlar talab qilayotgan masalalar partiyalarning bevosita vakolatlariga kirmaydi.

Masalan, nomzodlarimiz bilan uçraşuvda saylovçilar köproq ijtimoiy masalalarni kötarişyapti. Bularni hal qiliş qaçon partiyaning vakolatiga kiradi? Qaçonki u hukumatni şakllantirsa. Özbekistonda hukumatni şakllantiradigan partiya hali yöq. Hali bunday vakolat yöq. Ayrim partiyalargayam buni tuşuntirolmadik. Haligaça mana ÖzLiDeP hukumatni şakllantirgan partiya deb yurişibdi. Konstitutsiyaning 98-moddasini öqib olinglar yaxşilab», – dedi u 19 dekabr kuni matbuot anjumanida.

Ma'lumot uçun,

Konstitutsiyaning 98-moddasi Vazirlar Mahkamasiga oid bölib, unda jumladan, boş vaziri nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan taklif etilişi belgilab qöyilgan. Taklif etilgan nomzodni prezident körib çiqqaç, u boş vazir lavozimiga tasdiqlanişi uçun nomzodni Qonunçilik palatasi va Senat a'zolari umumiy sonining yarmidan köpi (kamida 126 nafar parlamentariy) ma'qullab ovoz berişi kerak.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Nuriddin Murodov Saylov kodeksining 25-moddasiga asosan saylov komissiyalariga qöyiladigan talablar borligi, biroq joylarda uşbu talablarga rioya qilinmayotgani haqida partiyaga köplab murojaatlar kelib tuşayotganini ta'kidlagan.

«Mutasaddilardan iltimos qilamizki, nomzodlarning bevosita böysunuvidagi şaxslar joylarda saylov komissiyasi a'zosi bölişiga yöl qöyilmasin. Mana şu qoida buzilayotgani haqida juda köplab murojaatlar bölmoqda. Bu narsa saylovlarning natijasiga bevosita ta'sir qiladi. Şu nuqtayi nazardan mahalliy hokimlik, kengaşlar va mutasaddilarga mana şuni bildirib qöymoqçiman. Bu masala böyiça partiyamiz yana ogohlantirişlarini beradi», – dedi ÖzLiDeP vakili.

U joriy haftada saylovçilarni un va yoğ bilan öziga oğdirmoqçi bölgani sabab, partiyaning Toşkent şahar kengaşi deputatligiga nomzodi ma'muriy javobgarlikka tortilganiga ham munosabat bildirdi.

«Partiyamizdan qöyilgan nomzodning saylovoldi taşviqot qoidalarini buzganini tan oldik. Lekin bu jiddiy huquqbuzarlik emas. Nomzod bilan tuşuntiriş işlarini olib boramiz va u saylovda iştirok etadi.

Bunday holat boşqa partiyalarda ham kuzatildi. Lekin biz buni kötarib çiqmadik. Hamma partiyalarda bor bu holat», – deya qayd etdi Murodov.

Eslatib ötamiz, liberal demokratlarning uşbu nomzodi avvalroq mulkni olib qöyiş vakolati deputatlik kengaşlariga berilişiga qarşilik bildirib, Toşkent metrosining Yunusobod yönalişida röy bergan fojiadan söng mutasaddilar buning uçun xalqdan uzr söraşi kerakligini aytib çiqqandi.