
Afğoniston mustaqil saylov komissiyasi raisi Havo Nuristoniy 22 dekabrda saylovlarning dastlabki natijalariga yakun yasab, Ğani köpçilik ovoz olganini e'lon qilgan.
Uning ta'kidlaşiça, Muhammad Aşraf Ğaniga 923 ming 868 kişi yoki 50,6 foiz saylovçilar ovoz bergan. Uning asosiy raqibi – boş vazir Abdulla Abdulla 720 ming 99 ovoz (39,52 foiz) olgan. Qolgan nomzodlar - Afğoniston Islom partiyasi raisi Gulbiddin Hikmatiyorga 70 ming 243, Rahmatilloh Nabilga esa 33 ming 921 ovoz berilgan. Nuristoniyning aytişiça, tekşiruvlardan keyin 1 mln 824 ming 401 byulleten haqiqiy deb topilgan.
Abdulla Abdullaning vakili Bobur Farahmand bu natijalarni soxtalaştirilgan deb atagan. «Barqarorlik va integratsiya» saylov jamoasi boşqa nomzodlarning qonuniy talablari hisobga olinmagan bu soxta natijalarni heç qaçon qabul qilmaydi», deb aytgan Farahmand.
Mamlakatda saylov 28 sentabr kuni ötkazilgan, ammo uning natijalari Abdulla Abdullaning tarafdorlari ovoz beriş jarayonida qöpol qoidabuzarliklar qayd etilganini ma'lum qilib, norozilik namoyişlari boşlagani tufayli şu vaqtga qadar rasman e'lon qilinmay kelmoqda.
Abdulla Abdulla mamlakat Oliy sudiga apellyatsiya bermoqçi va şikoyat körib çiqilmagunça saylov natijalarini rasmiy deb hisoblab bölmaydi.
«Yana bir marta ma'lum qilamizki, bizning jamoamiz qonuniy talablarimiz bajarilmaguniça bu soxta saylov natijalarini tan olmaydi», - deyilgan Abdulla ştabining bayonotida.
Abdulla Abdullaning hisoblaşiça, undan 300 ming ovozni öğirlaşgan.
Beş yil muqaddam ötkazilgan prezidentlik saylovlarida Abdulla Aşraf Ğanini birinçi turda ortda qoldirgan, ammo ikkinçi tur natijalariga köra mağlubiyatga uçragandi. Öşanda ham ovoz beriş natijalari böyiça bahslar uzoq davom etgan hamda siyosiy beqarorlik yuzaga kelişiga sabab bölgandi.
Namoyişlar va inqiroz









