2019 yil 23 dekabr kuni Qonunçilik palatasiga Hukumat tomonidan mulk huquqini kafolatlaşga qaratilgan qonun loyihasi kiritildi. Unda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini yangi modda bilan töldiriş taklif etilmoqda.
Taklif etilayotgan yangi 173-1-moddaga köra, yer uçastkalarini olib qöyiş tartibini buziş, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatdan uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolaş közda tutilmoqda.
Yer uçastkalarini olib qöyiş tartibini buziş olib qöyilayotgan yer uçastkasidagi bino, boşqa imorat, inşoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning örni mazkur mol-mulkning bozor qiymati böyiça oldindan va töliq qoplanmagan holda buzib taşlaşga sabab bölsa, şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin yoki ança miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatdan tört yuz sakson soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolaş taklif etilmoqda.
Xuddi şunday harakatlar köp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bölsa, şuningdek köpçilik uçun xavfli bölgan usulda yoki juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bölsa, ozodlikdan mahrum qiliş jazosini qöllaş ham közda tutilmoqda.
Şuningdek, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks ham 61-3-modda bilan töldirilmoqda. Unda yer uçastkalarini olib qöyiş tartibini buzganlik uçun jazo qöllaş közda tutilmoqda.
Mazkur qonunning qabul qilinişi mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlaş, fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli bölgan bino va inşootlar joylaşgan yer uçastkalarining noqonuniy olib qöyilişiga çek qöyiş, şuningdek yetkazilgan zararlarni qoplaşda yöl qöyilayotgan kamçiliklarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.












