2019 yil oxiriga kelib, Özbekistonda çiqarilgan qimmatli qoğozlarning umumiy nominal qiymati 92,35 trln. sömni taşkil etmoqda.
Şundan faqat 1,5 foizi yoki 1,4 trln. sömi erkin muomalada bölib, bu – yalpi içki mahsulotning 0,4 foizidan kam.
Taqqoslaş uçun, Singapurda bu körsatkiç – 188 foiz, Malayziyada – 112 foiz, Rossiyada esa 34 foizni taşkil qiladi.
Bu haqda 2020-2025 yillarda kapital bozorini rivojlantiriş strategiyasi loyihasi taqdimotida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Strategiyadan közlangan eng asosiy maqsad – beş yil içida erkin muomaladagi qimmatli qoğozlarning YaIMdagi uluşini 10 foizga (6 mlrd dollarga) yetkazişdir.
Uşbu maqsadga erişiş uçun belgilangan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- Özbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan barça turdagi qimmatli qoğozlarni, şu jumladan çet el emitentlarining qimmatli qoğozlarini sotib oliş böyiça tösiqlarni bartaraf etiş, pensiya tizimini isloh qiliş va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq buxgalteriya hisobi tartib-taomillarini amalga oşiriş;
- korxonalarni xususiylaştiriş tartibini, jumladan qöşaloq listing orqali takomillaştiriş, sekyuritizatsiyani, munitsipal obligatsiyalar çiqarilişini, «Sukuk» islom obligatsiyalari kabi yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy qiliş hamda mahalliy fond birjalarida xorijiy valutada muomalada bölgan obligatsiyalar çiqarilişini rivojlantiriş;
- Qimmatli qoğozlar böyiça xalqaro komissiyaning (IOSCO) xalqaro standartlari va tamoyillari asosida, kapital bozori töğrisida va Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi töğrisidagi töğridan-töğri amal qiluvçi qonun loyihalarini işlab çiqiş orqali kapital bozori sohasidagi huquqiy-me'yoriy bazani birlaştiriş;
- mavjud birjalarni yagona milliy valuta guruhiga birlaştiriş, yagona milliy qimmatli qoğozlar Depozitariysini yaratiş, unga hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beriş, mijozlarni tekşiriş tizimini joriy etiş va kapital bozori professional iştirokçilarining özini özi boşqariş nodavlat birlaşmasini taşkil etiş;
- kapital bozori regulyatori mustaqilligini ta'minlaş, uning xodimlarini moliyalaştiriş, tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni, şu jumladan, xorijiy mamlakatlarning qimmatli qoğozlar bozorini tartibga soluvçi organlarida iş tajribasiga ega bölgan mutaxassislarni jalb qiliş

Bundan taşqari, 2025 yilning I çoragida Özbekiston «Morgan Stanley Capital International» (MSCI) jahon fond bozori indeksi reytingidagi dunyoning yetakçi mamlakatlari röyxatiga kirişi ham rejalaştirilgan.
Özbekiston bunga qadar, 2021 yil IV çoragida Qimmatli qoğozlar komissiyalari xalqaro taşkilotining (IOSCO) özaro hamkorlik va axborot almaşiş böyiça köp tomonlama anglaşuv Memorandumiga (MMoU) qöşilişi kutilmoqda.
Strategiya loyihasi faqat rus tilida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Hujjatning özbek tilidagi talqini bilan Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi rasmiy saytida tanişiş mumkin.
Özbekistonda fuqarolarning xorijiy kompaniyalar aksiyalarini sotib olişi osonlaşadi












