Yiğilişda qayd qilinişiça, xalqaro moliya taşkilotlari bilan birgalikda yangi tahrirdagi “Kapital bozori töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi. U kapital bozorini zamonaviy bozor normalari asosida tartibga soliş, investorlar huquqini himoya qiliş, bozor infratuzilmasini mustahkamlaş va yangi moliyaviy vositalarni joriy etişga qaratilgan.
Qonun loyihasida xalqaro amaliyotda keng qöllaniladigan yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etiş nazarda tutilmoqda. Xususan, Xalqaro derivativ va svop assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq, opsion, svop, fyuçers va forvard kabi hosila moliyaviy vositalar, şuningdek, netting şartnomasi asosida bitimlar tuziş tizimi yölga qöyiladi.

Banklar tomonidan garov bilan qoplangan obligatsiyalar va ipoteka kreditlari majburiyatlari asosida maxsus obligatsiyalar çiqarişning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu banklar uçun uzoq muddatli resurslarni jalb qiliş, ipoteka bozorini rivojlantiriş va aholi uçun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirişga xizmat qiladi.
Islom moliyasi vositalarini joriy etişga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ilk bor şerikçilik, ijara, savdo va agentlik sukuki kabi islom moliyasi turlarini öz içiga olgan “sukuk” qimmatli qoğozlarini çiqariş şartlari belgilanmoqda.
Taqdimotda qimmatli qoğozlar bozori infratuzilmasini takomillaştiriş masalalari ham körib çiqildi. Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining vakolatlari kengaytirilib, unga dividendlarni markazlaşgan holda tölaş, xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlari oçiş huquqi berilmoqda.

Şuningdek, moliyaviy taşkilotlar tomonidan mijozlarning qimmatli qoğozlarini saqlaş, hisobini yuritiş va ular bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiriş böyiça professional xizmatlar joriy etiladi. Çet ellik nominal saqlovçilar uçun mahalliy bozorga kiriş tartibini soddalaştiriş orqali xorijiy institutsional investorlarni jalb qiliş imkoniyatlari kengayadi.
Regulyator vakolatlarini xalqaro talablar va standartlarga muvofiqlaştiriş ham nazarda tutilmoqda. Bu bozor iştirokçilari faoliyatini samarali nazorat qiliş, axborot oşkoraligini ta’minlaş, qonunçilik buzilişi holatlariga tezkor munosabat bildiriş va investorlar huquqini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi.













