«Özbekiston temir yöllari» AJ Axborot-tahlil media-markazi OAVda 18 dekabr kuni Yunusobod metrosining yangi liniyasida röy bergan fojia ortidan bu quriliş jaraëni yanada jadallaşgani, metro bekatlari 28 dekabr kuni oçilişi rejalaştirilayotgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etib çiqdi.
«28 dekabrgaça Yunusobod stansiyasi ustini beton qoplama bilan ëpish tugallanişi kerak edi. Hozir şoşib-pişib şunga harakat ketyapti. Muddat 28 dekabr edi, şunday qoladi, deyişdi. Prezidentga hisob beriş kerak ekan», deyilgandi OAVda tarqalgan xabarda.
«Özbekiston temir yöllari» xabarida Toşkent şahridagi Sergeli metro yönalişidagi quriliş işlari va Yunusobod yöli qurilişining ikkinçi bosqiçi davom etayotgani, obektlar loyihasi amalga oşiriş rejasi, quriliş normalari va texnik talablar asosida foydalanişga topşirilişini, şuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalari xabar berganidek 28 dekabrda oçilmasligi ma'lum qilingan.
Qayd etilişiça, quriliş işlari ketayotgan hududlarda quriliş texnikalarining köpayişi, yoğingarçiliksiz, havo oçiq bölgan kunlarda işni töğri taşkil etiş bilan boğliq.
Eslatib ötamiz, 18 dekabr kuni Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining Turkiston bekati qurilayotgan hududda yer öpirilişi yuz bergan, 6 kişi tuproq ostida qolib ketgandi. Vazirlar Mahkamasi farmoyişi bilan hodisa sabablari va oqibatlarini örganiş hamda zudlik bilan bartaraf qiliş böyiça hukumat komissiyasi tuzilgan, halok bölganlarning oilalariga 100 million sömdan kompensatsiya tölab berilgan, prokuratura hodisa yuzasidan jinoiy iş qözğagan.












