Özbekiston Adliya vazirligida boşqarma boşliqlari kamida 15-16 million söm oylik olişadi, deb ma'lum qildi vazir Ruslanbek Davletov.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Davletov bu haqda juma kuni Toşkentda boşlangan «Umid 2.020» xalqaro konferensiyasi vaqtida aytib ötgan.
«Davlatni demokratik yangilaş va modernizatsiya qilişda qonun ustuvorligini ta'minlaş» seksiyasiga moderatorlik qilgan Adliya vaziri xorijdagi salohiyatli vatandoşlarni Özbekistonga jalb qiliş haqida gapirib, maoşlarga oid ma'lumotlar sir saqlanmasligini bildirdi.
«Hozir maoşlarimiz qançaligini yaşirişga hojat yöq, hammasi şaffof. Masalan, Adliya vazirligidagi boşqarma boşliqlari [mukofot pullari va boşqa tölovlar bilan birga] kamida 15-16 million söm oylik maoş olişmoqda», – dedi Davletov.
Vazirlik tizimidagi tadqiqot institutlaridan birining tadbirda qatnaşayotgan vakili ham buni tasdiqlab, hozirgi kunda 12 mln söm maoş olayotganini aytdi.
Ma'lumot uçun, «Umid Reunion 2.020» – «Umid» jamğarmasi bitiruvçilarining birinçi yiğini sanaladi. «Yangilanayotgan Özbekistonga yangi avlod kadrlari» mavzusidagi konferensiya 3 yanvar kuni 5ta tematik seksiyaga bölingan holda iş olib bordi. Anjuman 4 yanvarda öz işini yakunlaydi.









