Osiyo çempionlar ligasi pley-off öyiniga tayyorgarlik körayotgan «Bunyodkor» klubi öz tarkibini kuçaytirişda davom etmoqda.

 Tribuna.uz sayti manbalariga köra, huquqiy jihatdan Muborakning «Maş'al» klubiga tegişli bölgan, 2019 yilgi mavsumni Qarşining «Nasaf» klubida ijara asosida ötkazgan Humoyun Murtazoyev va Sardor Abduraimov «Bunyodkor» maşğulotlariga kelib qöşilgan. Klub boş murabbiyi Vadim Abramov yarimhimoya va hujum çiziğini yanada kuçaytiriş uçun uşbu futbolçilarni jamoaga taklif etgan.

Sardor Abduraimov

 Murtazoyev va Abduraimov «Bunyodkor»ga OÇL pley-off bahslari uçun qisqa muddatga «Maş'al»dan ijaraga olinganmi yoki töliq transfer qilinganmi – noma'lum.

 Ma'lumot uçun, Humoyun Murtazoyev 2019 yilgi mavsumda Cuperligada barça 26 öyinda ham maydonga tuşib, 14 goli bilan töpurarlar safiga ham qöşildi. Sardor Abduraimov esa 26 turdan 25tasida maydonga tuşgan.

 Eslatib ötamiz, Tribuna.uz oldinroq, Röziqul Berdiyev Murtazoyev va Abduraimovni yangi mavsumda ham «Nasaf»da olib qolmoqçi ekanligi haqida xabar bergandi.