Bugun, 3 yanvar kuni Toşkentda sobiq «Umid» jamğarmasi bitiruvçilarining birinçi xalqaro konferensiyasi öz işini boşladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Anjumanda 300 nafardan ortiq, şu jumladan, ayni vaqtda xorijda yaşayotgan 120dan ziyod «umidçilar» qatnaşmoqda.
Bugungi muhokamalar mamlakatni demokratik yangilaş, ta'lim, sarmoyaviy iqlimni yaxşilaş, innovatsion rivojlaniş va qişloq xöjaligi yönalişlaridagi beşta seksiyada ötkazildi.

«Yangilanayotgan Özbekistonga yangi avlod kadrlari» mavzusidagi konferensiya ikki kun davom etadi. Birinçi kungi tadbirlar Davlat boşqaruvi akademiyasida, ertaga esa Çimyonda bölib ötişi belgilangan.
Ma'lumot uçun, sobiq «Umid» jamğarmasi 1997 yilda iste'dodli yigit-qizlarning çet elda ta'lim olişlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida tuzilgan edi. Jamğarmaning 5 yillik faoliyati mobaynida özbekistonlik jami 828 nafar istiqbolli yoşlar AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va Italiya universitetlarining bakalavriat va magistratura ta'lim yönalişlarida tahsil olgan.
Ayni kunlardagi konferensiya Özbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi va «El-yurt umidi» jamğarmasi tomonidan ötkazilmoqda.

























