Bugun, 3 yanvar kuni Toşkentda «Umid» jamğarmasi bitiruvçilarining birinçi xalqaro konferensiyasi boşlandi.
Unda iştirok etgan Innovatsiya vaziri örinbosari Azimjon Nazarov Özbekistonning jahon innovatsion rivojlaniş indeksidagi örni havas qilgulik emasligi, mazkur yönaliş böyiça Özbekiston 2015 yilda 140 davlat içida 122-örinni olgani, sönggi tört yilda esa indeksda Özbekiston körsatkiçlari qayd etilmagani haqida gapirdi.
Vazir örinbosarining sözlariga köra, bunga ma'lumotlarning öz vaqtida taqdim etilmagani sabab bölgan.
Nazarov şuningdek, yangi taqdim etilayotgan Özbekistonni innovatsion rivojlantiriş strategiyasi mazmuni bilan taniştirdi.
«Özbekiston qaysi tarafi bilan jahonda öz örnini egallaşi mumkin? Masalan turizmni keskin rivojlantirib, undan tuşgan kapitalni boşqa sohalarni kötarişga sarflaş böyiça takliflar ham böldi. Lekin asosiy masala doimo kadrlar muammosi ya'ni inson kapitali bölib qolmoqda. Strategiyaning asosiy maqsadi inson kapitalini rivojlantirişdir. Asosiy vazifa sifatida 2030 yilgaça öşa 140 davlat içida 50talikka kiriş qöyilgan. Buning uçun strategiyani beşta yönalişga ajratdik. Birinçisi — ta'lim tizimini takomillaştiriş va inson kapitali, ikkinçisi — innovatsion faoliyatni moliyalaştirişni rivojlantirişdir. Uçinçisi — infratuzilma va AKT, törtinçisi — raqobatni kuçaytiriş va ma'muriy tösiqlarni kamaytiriş, beşinçisi — fan, ijodkorlik, texnologiyalarni rivojlantirişdir. Özbekiston indeksning 81ta indikatorida aynan şu sohalar böyiça eng sönggi örinlarni egallagan», deydi vazir örinbosari.
Azimjon Nazarovning aytişiça, ba'zilar global indeks haqiqiy holatni ifodalay olmaydi deya hisoblaydi. Ammo statistikaga köra, qaysi mamlakatda yalpi içki mahsulot miqdori yuqori bölsa, ular reytingda yaxşi örinlarni egallagan. Şu sababli Özbekistonni innovatsion rivojlantiriş strategiyasida xalqaro indeks ölçov sifatida olindi.
















