Islom Karimovning “Umid” jamğarmasi grantlarining sovrindorlari bilan uçraşuvi çoğida tuşgan suratini köpçilik yaxşi eslasa kerak.
Keyinçalik juda maşhur bölib ketgan uşbu tarixiy fotosurat prezident Karimovning 1999 yil aprel oyida Vaşingtonga qilgan taşrifi çoğida olingan.
Karimov fondi Laylo Usmonova, ya'ni Islom Karimovning yonida suratga tuşgan atlas libosdagi qiz bilan bölgan intervyuni e'lon qildi.
Iqtidorli yoşlarni çet elda ta'lim olişida kömaklaşiş maqsadida taşkil etilgan “Umid” Fondining granti orqali Laylo Çikagodagi Jon Marşall Huquq maktabining magistratura bölimini xalqaro tijorat huquqi mutaxassisligi böyiça tamomladi.
“Menga elçixonadan qönğiroq qilib, prezidentimiz bilan uçraşuvga taklif etişdi. Albatta, men juda xursand edim, nahotki men prezidentimiz bilan uçraşsam, deya bunga heç ham işonolmasdim. U kişini körganimizda, aksariyatimizning közimizda yoş edi. Uçraşuvimiz şu qadar iliq va samimiy ediki, u kişi, bolalarim, deya har birimiz bilan birma-bir suhbatlaşdilar”, – deya eslaydi Laylo öşa tarixiy uçraşuvni.
Özbekistonga qaytganidan söng, Laylo Usmonova Toşkent yuridik institutida xalqaro tijorat huquq böyiça dars berdi. Keyinçalik Toronto şahrida Kanadaning soğliqni saqlaş vazirligida, Vankuverda soliq huquqi yönalişi böyiça Chigbu & Co law Firm, Ventra Oil Company (Alberta, Kanada), Ronaldson & Kuchler LLC law firm (Çikago) taşkilotlarida işladi.
Hozirda Laylo özining Thellia Esthetics kompaniyasini yuritib, Toşkentda yaşayapti, olti yaşar farzandini tarbiyalamoqda.
Ma'lumot uçun: “Umid” jamğarmasi 1997 yilda Prezident Islom Karimov taşabbusi bilan iqtidorli yoşlarni çet elda ta'lim olişida kömaklaşiş maqsadida taşkil etilgan.
Jamğarma grantlari tufayli 1997 yildan 2002 yilgaça 800dan ortiq özbekistonlik yigit va qizlar AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya va Yaponiyaning yetakçi oliygohlarida ta'lim oldilar.
















