Olimpiadada sovrindor bölgan birinçi va yagona eronlik ayol Kimyo Alizoda vatanini tark etganini ma'lum qildi.
U bunday qarorga kelişini Erondagi rejimning «adolatsizligi» va «ikkiyuzlamaçiligi» bilan izohlagan.
«Men Erondagi millionlab mazluma ayollardan biriman, ular yillardan buyon ayollarni öyinçoq qilib kelmoqda», – deb yozdi 21 yoşli sportçi Instagram’dagi sahifasida.
U sportda erişgan muvaffaqiyatlari doim hokimiyatdagi odamlarning manfaatiga işlaganini ta'kidlagan.
«Ular uçun men muhim emasdim. Heç qaysimizning ahamiyatimiz yöq, bizdan vosita ölaroq foydalanişadi. Faqatgina biz qölga kiritadigan medallargina kerak», degan Alizoda.
Taekvondoçi 2016 yilgi Rio Olimpiadasida -57 kg vazn toifasida bronza medalini qölga kiritib, öz vatani sportida yangi sahifa oçgan – olimpiada sovrindori bölgan ilk eronlik ayolga aylangan edi.
U, şuningdek, 2014 yilgi Nankindagi yoşlar Olimpiadasida oltin medalga sazovor bölgan. 2015 yilgi jahon çempionatida esa London va Rio olimpiadalari ğolibi Jyeyd Jonsni yengib, bronza sohibi bölgan. 2017 yilgi jahon çempionatida esa kumuş medalni qölga kiritgan, 2018 yili Osiyo çempionatida uçinçi örinni olgandi.

Foto: Laurence Griffiths/Getty Images
Alizoda Eronni tark etayotgani haqidagi xabarlar fors mediasida ötgan hafta tarqalgan edi. Eron taekvondo federatsiyasi rahbari Said Muhammad Puladgar ma'lum qilgandiki, qiz «ta'tilining bir qismini xorijda ötkazişiga» otasi va murabbiyini köndirgan.
Federatsiya rahbari juma kungi bayonotida Kimyo Alizodaning mamlakatdan çiqib ketişi zamirida siyosiy motivlar borligi haqidagi gap-sözlarni rad etgan edi.
Sportçining sözlariga köra, u «ikkiyuzlamaçilik, yolğonlar, adolatsizlik va tilyoğlamalik kursisida ötiriş» va amaldagi rejim «korrupsiya va yolğonlari»ning iştirokçisi bölişni xohlamaydi.
«Menga taekvondo, xavfsizlik va baxtli hayotdan boşqa heç narsa kerak emas», – degan Alizoda.

U Yevropaga köçib ketayotganini ma'lum qilib, bunday qarorga keliş «Olimpiada oltin medalini qölga kiritişdan-da qiyin»ligini aytgan.
«Qayerda bölsam ham, Eron farzandi bölib qolaveraman», – deya qöşimça qilgan u.
Ma'lumot uçun, Olimpiada sovrindorining Erondan boş olib ketişi şanba kuni Tehronda boşlangan namoyişlar fonida röy bermoqda.
8 yanvar kuni bortida 176 kişi bölgan Ukraina samolyotining xatolik tufayli urib tuşirilişi va Eron hukumati buni uç kun ötib tan olgani ortidan mamlakat poytaxtida norozilik aksiyalari boşlanib ketdi. Ba'zilar Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiydan iste'fo ham talab qilmoqda.
Amerika Milliy jamoatçilik radiosining qöşimça qilişiça, Kimyo Alizoda – sönggi oylarda Eronni tark etgan yagona taniqli sportçi emas. 2019 yil sentyabrida dzyudo böyiça jahon çempioni Said Mullajai Germaniyaga köçib ketgan, OAVda eronlik rasmiylar undan Isroil vakiliga töqnaş kelib qolmaslik uçun bahsda yutqazişni talab qilgani haqida gap-sözlar tarqalgan edi.
Dekabr oyida esa Eronning birinçi raqamli şaxmatçisi Alirizo Firuzja bundan buyon Eron nomidan dona surmasligi e'lon qildi.
Ötgan yili, şuningdek, taniqli futbol hakami Alirizo Fağoni Avstraliyaga köçib ketgan edi.












