2020 yilning 13 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Ummon Sultonligining Toşkent şahridagi elçixonasiga taşrif buyurdi.

TIV rahbari Özbekiston hukumati va Taşqi işlar vazirligi nomidan hukmron oila a'zolariga çuqur hamdardlik izhor etdi va Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan oçilgan ta'ziya kitobiga qayd kiritdi, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötamiz, Ummon sultoni Qobus saraton kasalligiga qarşi bir neça yillik kuraşdan söng 10 yanvar kuni keçqurun 79 yoşida vafot etdi. Mamlakatda uç kunlik motam e'lon qilindi. Sulton 1970 yilda, 29 yoşida taxtga ötirgan va Ummonni 50 yil boşqargan. 

Madaniyat vaziri, 65 yoşli Haysam bin Toriq Ol Said Ummon rahbari lavozimiga tayinlandi. U sulton Qobusning ölimi e'lon qilinganidan bir neça soat ötgaç, şanba kuni hukmron kengaş oldida qasamyod qabul qildi.