Fransiyadagi Louis Vuitton modalar uyi oğirligi 1758 qirot bölgan dunyodagi eng yirik olmoslardan birini sotib oldi. Olmosni Kanadaning Lucara Diamond Corp toğ-kon kompaniyasi Botsvanada qazib olgan, deb xabar bermoqda New York Times gazetasi.

Kompaniyaning ma'lumot berişiça, u insoniyat tarixidagi eng yirik olmoslardan biridir. Olmosning oğirligi 352 gramm atrofida.

Louis Vuitton ijroçi direktori Maykl Byorki uning neça pulga sotib olinganini aytişni istamadi va "bir neça million" turişini aytdi.

Antverpen olmos birjasining sobiq rahbari Marsel Pryuverning sözlariga köra, "bunday toş bilan qanday muomala qilişni biladigan va uning uçun pul tölaşga tayyor insonlar dunyo böyiça öntadan ham oşmaydi".