Toşkent davlat texnika universitetining Nukus filiali taşkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi e'lon qilindi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Qoraqalpoğiston respublikasi Vazirlar Kengaşining Nukus şahrida Toşkent davlat texnika universitetining Nukus filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Belgilanişiça, Filial Toşkent davlat texnika universitetining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan tarkibiy bölinmasi hisoblanadi, Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida şaxsiy ğazna hisob varaqlariga ega böladi.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

konçilik işi, konçilik elektr mexanikasi, elektr energetikasi, texnologik jarayonlar va işlab çiqarişlarni avtomatlaştiriş
va boşqariş, maşinasozlik texnologiyasi va maşinasozlik işlab çiqarişini avtomatlaştiriş yönalişlari böyiça yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlaşni ta'minlaş;

talabalar amaliyotini Tebinbuloq kon negizidagi kon-metallurgiya kompleksida taşkil etiş va ularga işlaş imkoniyatini yaratiş;

xorijiy davlatlarning yetakçi oliy ta'lim muassasalari bilan, jumladan, kon-metallurgiya sohasida Rossiya Federatsiyasining yetakçi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qöşma ta'lim dasturlari asosida malakali kadrlar tayyorlaş;

kon-metallurgiya sohasining barça yönalişlari böyiça malakali kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, korxonalarning muammolarini hal etişga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantiriş;

öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, ta'lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida işlab çiqariş va qayta işlaş sohalaridagi respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş;

respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş;