LG Microsoft Azure Cloud i AI Technologies yordamida avtomobillardagi axborot-köngiloçar va binolarni ekspluatatsiya qiliş tizimlarini takomillaştiradi.
LG Electronics (LG) Microsoft bilan hamkorlikda avtomobillardagi axborot-köngiloçar va binolarni ekspluatatsiya qiliş tizimlari hamda biznes uçun boşqa yeçimlarni takomillaştirişga kirişmoqda. CES 2020da e'lon qilinganidek, LG B2B sferasida raqamlaştiriş sur'atini oşiriş uçun Microsoft Azure servisi va sun'iy idrok (AI) plastformasidan foydalanadi.
Bir yil muqaddam LG Microsoft bilan LG avtonom transport vositalari va axborot-köngiloçar tizimlari böyiça biznesni kengaytiriş va yanada rivojlantiriş haqida e'lon qilgandi. Endi LG öz yangi loyihalari doirasini avtomobil sektori çegaralaridan ötkazib, tijorat faoliyati tomon yönaltirişni rejalaştirmoqda.
LG özining Building Energy Control (BECON) boşqaruv tizimini Azure yordamida HVAC (isitiş, ventilyatsiya va havoni tozalaş) tizimlari yanada samaraliroq işlaşi uçun takomillaştiradi. Özining BECON tizimini dunyo böylab Microsoft kömagida kengaytirib borarkan, kompaniya BECONning Azure gibrid bulutlari va sun'iy idrok yordamida keyingi avlodini işlab çiqadi.
Azure integratsiyasi LG avtomobillardagi axborot-köngiloçar yeçimlarni köp marta takomillaştiradi. Bu tarmoqqa ulangan kelgusi avlod avtomobillari uçun LG WebOS Auto va Microsoft Connected Vehicle Platform platformlari yuqori darajada uyğunlaşuvida öz tasdiğini topadi. WebOS Autoning yangi şaklida LG HMI(inson va maşina interfeysi)ning qöşimça imkoniyatlarini namoyiş qiladi va avtomobillarda köngiloçar tizimlar faoliyati samaradorligida asqotadi.













