Yangi tarkibdagi Oliy Majlis Senatining ilk yalpi majlisida taşkiliy masalalar körib çiqilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Majlisda qatnaşayotgan prezident Şavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga Tanzila Norboyeva nomzodini taklif etdi.
«Tanzila Norboyevaning tajribasi, qattiqqölligi, masalani joylarga borib hal qilişi menga yoqadi. Tanzila Norboyeva ham özi işlayapti, ham öz komandasini işlatyapti. Hozirgi şaroitda eng munosib nomzod», – dedi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyev Senat raisining birinçi örinbosari lavozimi uçun Sodiq Safoyev nomzodini taqdim etdi. «Sodiq Solihoviç Özbekiston obröyini taşqi davlatlarga yetkaziş böyiça köp harakatlar qilyapti», – deya qayd etdi prezident.
Şavkat Mirziyoyev Senat raisi örinbosarligi uçun Musa Yerniyazov va Zayniddin Nizomxöjayev nomzodlarini ilgari surdi.
Yaşirin ovoz beriş natijalariga köra, taqdim etilgan nomzodlarning barçasi lavozimga saylandi.

Ma'lumot uçun, Tanzila Norboyeva Özbekiston Senatiga rais bölgan ilk ayol sanaladi. U 2019 yil 21 iyunida bu lavozimni egallagan, 22 dekabrdagi saylovlarda esa Toşkent şahar deputatligiga saylangan edi. Faoliyati davomida xalq ta'limi sohasida, Vazirlar Mahkamasi va Xotin-qizlar qömitasida mas'ul lavozimlarda işlagan.
Sodiq Safoyev esa Özbekiston parlamenti ikki palatali tizimga ötgan 2005 yildan buyon uzluksiz ravişda senator sifatida işlab kelmoqda. U hozirgaça ötgan törtta saylovda ham Senat a'zoligiga prezident tomonidan tayinlangan, uçta çaqiriqda yuqori palataning taşqi siyosat qömitasi raisi bölgan.

2016 yilda Şavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelgaç, yangi ta'sis etilgan Senat raisining birinçi örinbosari lavozimini Safoyev egallagan edi. Sodiq Solihoviç turli yillarda prezident apparati bölim mudiri, elçi, taşqi işlar vaziri, prezident maslahatçisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori sifatida işlagan.










