2020 yil 1 yanvar holatiga respublikada jami faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar soni 398,1 mingtaga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.
Xizmatlar sohasida jami 262,0 mingta korxona va taşkilotlar faoliyat körsatmoqda. 2018 yilning şu davriga nisbatan ularning ösişi 23,0 foizga oşdi. 2020 yil 1 yanvar holatiga xizmatlar sohasida faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlarning uluşi 65,8 foizni taşkil etdi.
Taqqoslaş uçun: kuzatilayotgan davrda sanoat sohasida faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlarning uluşi - 17,7 foiz, quriliş - 9,1 foizga yetdi va atigi 7,4 foizi qişloq, örmon va baliq xöjaligi sohasi hissasiga töğri keldi.
2020 yil 1 yanvar holatiga, xizmatlar sohasida faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi korxona va taşkilotlar (38,6 foiz) yuqori uluşni egallaydi.
Yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmat körsatuvçi korxona va taşkilotlarning uluşi 9,8 foizni taşkil etdi.
Xizmatlar sohasida faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar tarkibida taşiş va saqlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi korxona va taşkilotlarning uluşi 5,9 foizga yetdi.
Axborot va aloqa faoliyati bilan şuğullanuvçi korxona va taşkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar tarkibidagi uluşi 3,0 foizga teng böldi.
Soğliqni saqlaş, şuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlarning uluşi 3,0 foizni taşkil etdi.
Ötgan yilning şu davriga nisbatan xizmatlar sohasida faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar soni 48,9 mingtaga köpaydi.
Kuzatilayotgan davrning ötgan yiliga nisbatan savdo faoliyati sohasida yuqori ösiş – 42,6 foiz kuzatildi. Uşbu sohada faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar soni 30,2 mingtaga köpaydi va 101,1 mingtaga yetdi. Şuningdek, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar bilan boğliq faoliyatda ham ösiş kuzatildi - 29,4 foiz. Uşbu sohada faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar soni 5,8 mingtaga köpaydi va 25,6 mingtani taşkil etdi.
2019 yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasida yangi taşkil etilgan korxona va taşkilotlar soni (61,0 ming birlik) ötgan yilga nisbatan 29,2 mingtaga köpaydi.












