Ilk natijalar quvonarli

Bugungi kunda respublikaning 11 ta jazoni ijro etiş muassasasida 18-30 yoş oraliğidagi 300 dan ortiq mahkum ingliz tili va zamonaviy kasb-hunarlarni örganmoqda. Qisqa muddat - beş oylik faoliyat davomida qölga kiritilgan dastlabki natijalarning öziyoq loyihaning naqadar samarali ekanini körsatmoqda.

Loyiha doirasidagi maşğulotlar 2026-yil 1-iyundan Toşkent, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida boşlandi. Test sinovlari va oğzaki suhbat orqali saralab olingan 311 nafar mahkum ötgan davr mobaynida xorijiy til hamda kompyuter savodxonligi kurslari böyiça intensiv tahsil oldi.

Ingliz tilining “A1” darajasi va “Kompyuter savodxonligi” kurslari böyiça yakuniy nazorat ötkazildi. Natijalar tinglovçilarning 88,6 foizi ingliz tili, 79,5 foizi kompyuter savodxonligi böyiça boşlanğiç bilimlarni muvaffaqiyatli özlaştirganini körsatmoqda.

Eng yuqori natijalar Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi: Jumladan, Qaşqadaryoda ingliz tilining “A1” darajasini özlaştiriş 96,6 foizni, kompyuter savodxonligi böyiça esa 98,3 foizni taşkil etdi. Navoiyda bu körsatkiç mos ravişda 98,9 hamda 87,5 foizga teng böldi.

Mahkumlarning bilim darajasi ularga dars bergan mutaxassislar tomonidan aniqlanmaydi. Xolislik va şaffoflikni taʼminlaş maqsadida jarayonga alohida ekspertlar jalb qilinib, nazorat sinovlari maxsus platformada har oyda ötkazib kelinmoqda.

Jazoni ijro etiş muassasalari orasida 100 foizlik natijaga erişganlari ham bor. Xususan, Qiziltepadagi 5-son hamda Qarşidagi 3-son koloniyalarda ikkala kurs böyiça özlaştiriş 100 foizni taşkil etdi. Bu körsatkiçlar tinglovçilarning taʼlimga naqadar jiddiy yondaşayotganini hamda uşbu loyihani kelajagini özgartiriş yölidagi çinakam imkoniyat sifatida qabul qilayotganini körsatadi.

Prezident taşabbusi bilan boşlangan xayrli iş

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026-yilning 24-fevral kuni «Köksaroy» qarorgohida yoşlar bilan ötkazgan muloqotda jazo muddatini ötayotgan yoşlarning jamiyatga tez moslaşişi muhimligini taʼkidlab, «Ikkinçi imkon» umummilliy loyihasi boşlanişini eʼlon qilgan edi. Şu yilning 27-mart kuni esa bu haqda tegişli qaror (PQ–117-son) qabul qilindi.

Qaror ikki maqsadga: ozodlikka çiqqan inson işsiz va tayançsiz qolmasligi, şuningdek, takroran jinoyat sodir etilişining oldi olinişiga qaratilgan. Bu loyiha birgina xato sabab insonning kelajagiga nuqta qöyilmasligi kerak, degan ezgu ğoyaga asoslangan. Çunki haqiqiy adolat faqat jazolaşda emas, balki insonga töğri yölga qaytişi uçun imkoniyat berişda namoyon böladi.