AQŞdagi oraliq saylovlar
AQŞda 3-noyabr kuni böladigan oraliq saylovlarga bir kun qoldi. Saylovda Vakillar palatasining barça 435 örni va Senatning 35 örni uçun ovoz beriladi. Bundan taşqari, qator ştatlarda gubernatorlar ham saylanadi. Ikki palatada köpçilikni qölga kiritiş uçun demokratlarga – Vakillar palatasida 3 ta, Senatda 4 ta örinni qöşimça egallaş kifoya. Hozir Senatda Trampning partiyadoşlari – respublikaçilar köpçilikni taşkil etadi.
Muddatidan oldin ovoz beriş bu yil rekord daraja – hozirgaça 48 milliondan ortiq amerikalik ovoz bergan. Biroq mutaxassislar bu raqamlar saylovçilar kimga ovoz berganini körsatmasligini taʼkidlamoqda.
Sörovnomalar demokratlar foydasiga. New York Times va Siena universiteti sörovnomasiga köra, hal qiluvçi yettita Senat poygasidan beştasida demokratlar oldinda, Alyaska va Ayovada esa nomzodlar teng. Tahlilçilar demokratlar Vakillar palatasida ğalaba qozonişiga işonç bildirmoqda, Senat taqdiri esa hali noaniq. Oktabr örtalaridagi Reuters/Ipsos sörovnomasida AQŞ prezidenti Donald Tramp faoliyatini maʼqullaganlar uluşi 31 foizga tuşib, rekord darajada pasaygandi.
Tramp 1-noyabr kuni Kanzas ştatining Salina şahrida sönggi saylovoldi mitingini ötkazdi. Tramp sentabrda agar respublikaçilar Kongressning ikki palatasini ham saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan amerikalikka 5 ming dollardan «Tramp dividendi» tölaşni vaʼda qilgandi.
Oleşkidagi sulh yakunlandi
Xerson viloyatidagi Oleşki şahrida eʼlon qilingan olti kunlik mahalliy sulh muddati 1-noyabr kuni tugadi. Sulh AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp vositaçiligida va Rim papasi iştirokida kelişilgan. Dastlab faqat Oleşkini qamragan sulh keyinroq butun viloyatga kengaytirilgan. Bu 2022-yilda uruş boşlanganidan beri eng uzoq mahalliy töxtaliş böldi.
Rossiya 2022-yil fevralida egallagan Oleşki bir tomondan Dnepr, ikkinçi tomondan Rossiya qöşinlari bilan öralib qolgandi. BBC’ning yozişiça, aholi oziq-ovqat, suv va elektr tanqisligidan aziyat çekkan. Köpçilik omon qoliş uçun tomorqadagi ötlarni pişirib yegan.
Sulh davrida aholi şahardan avtobuslarda olib çiqildi. Ukrainaga ötmoqçi bölganlar Qrim va Rossiya janubi orqali Belarusga uçib, u yerdan uyiga qaytdi. Yakşanba kuni esa Ukraina armiyasi viloyatning xavfli hududlaridan yana 167 kişini olib çiqdi. Jami 800 ga yaqin kişi evakuatsiya qilingan.











