Prezident “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasida:

Özbekiston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari - Özbekiston Respublikasi transport vaziri lavozimi;

Özbekiston Respublikasi boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimi;

Özbekiston Respublikasi boş vazirining yoqilği-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi;

Hududlarni kompleks rivojlantiriş, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati;

Investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;

Ijtimoiy rivojlantiriş masalalari kotibiyati;

Yoqilği-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantiriş masalalari kotibiyati;

Qişloq xöjaligi maşinasozligini, yangi meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş va qayta işlaşning eksport salohiyatini rivojlantiriş masalalari kotibiyati tugatildi.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasiga:

a) quyidagilar:

Özbekiston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari; 

Özbekiston Respublikasi boş vazirining ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari böyiça örinbosari;

Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi;

Özbekiston Respublikasi boş vazirining yoqilği-energetika va kimyo sanoatini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimlari kiritildi;

b) quyidagilar:

Davlat aktivlarini boşqariş, sanoatni va raqobatni rivojlantiriş masalalari kotibiyati;

Hududlarni kompleks rivojlantiriş, kommunikatsiyalar, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi masalalari kotibiyati;