Endilikda tört oydan keyin Myanma hukumati körilgan çoralar böyiça BMTga hisobot berişi kerak böladi, keyin esa sud bu masalada yakuniy hukmni çiqarguniga qadar har 6 oyda hisobot berib boriladi.
Bugungi qarorni 17 nafar hakamning barçasi yakdillik bilan qöllab-quvvatlaşdi. Bu qaror yuridik kuçga ega va bu qaror yuzasidan apellyatsiya berib bölmaydi. Şu bilan birga, sudda uning ijrosini ta'minlaş mexanizmlari mavjud emas.
Sud raisi Abdulqaviy Yusuf hukmni e'lon qilayotganida sud 2017 yilda Myanma harbiylari xalqaro huquqni buzgan holda rohingyalarga nisbatan kuç işlatgani haqidagi ma'lumotlar inobatga olinganini ma'lum qildi. Şuningdek, sud hukumat harbiylari mahalliy aholi vakillari rohingyalarning qişloqlariga uyuştirgan bosqinlarga befarqlik bilan qaragani va keyin özlari bu hududlarda tozalaş işlari ötkazgani töğrisidagi dalillarni keltirgan.

Gambiya tomonidan berilgan da'voda 2016 yilning oktyabridan 2017 yilning dekabriga qadar bölgan muddatda Rakxayn ştatida myanmalik harbiylar tomonidan olib borilgan etnik tozalaşlar haqida gap ketadi (Gambiya Genotsid jinoyatining oldini oliş va bunday jinoyat uçun jazo töğrisidagi Konvensiya a'zosi sifatida 2019 yilning noyabrida Myanma hukumatini genotsidda ayblab BMT xalqaro sudiga bergandi).
Bu qaror sud Rakxayndagi voqealarni genotsid deb tan olganini anglatmaydi. Lekin qaror Genotsid jinoyatining oldini oliş va bunday jinoyat uçun jazo töğrisidagi Konvensiyaning ikkinçi moddasi (etnik guruhlarga zarar yetkaziş, bunday guruhlar hayotini qasddan yomonlaştiriş va tuğiliş pasaytirilişiga qaratilgan harakatlar) böyiça qabul qilingan.
Bundan taşqari, hakam rohingya xalqining farzandlarini köçiriş böyiça harbiy çoralar haqida eslab ötgan. Guvohlar OAVga harbiylar rohingyalarning qişloqlariga öt qöyişgani haqida sözlab berişgan.
Myanma taşqi işlar vaziri va amalda mamlakat rahbari bölgan Aun San Su Çji sudni Gambiya taşqi işlar vaziri Abubakar Tambadu taşabbusi bilan kiritilgan uşbu da'voni (Afrika ğarbidagi bu kiçik musulmon davlatni Islom hamkorlik taşkilotining 57 davlati qöllab-quvvatlagandi) körib çiqmaslikka köndirmoqçi bölgandi.

Myanma hukumati genotsid haqidagi ayblovlarni rad etdi. Ötgan haftada Aun San Sun Çji sudda himoya nutqi qildi va harbiylar qurolli ekstremistlarga qarşi amaliyot ötkazganini ma'lum qildi.









