Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumanida tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda qömita axborot xizmati.
Tezkor tadbir davomida fuqaro I.N. töxtatilib belgilangan tartibda nazoratdan ötkazilganida uning yonidan 1,64 gramm giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
«Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro R.X. ham belgilangan tartibda xolislar iştirokida nazoratdan ötkazildi. Tekşiruv davomida uşbu şaxsning yonidan ham umumiy oğirligi 9,53 gramm gaşiş giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Olmazor tumani Qorasaroy köçasida ötkazilgan tadbirda fuqaro Z.Z. va uning xonadoni örnatilgan tartibda tekşiruvdan ötkazilganida, umumiy miqdori 9,64 grammni taşkil etuvçi gaşiş giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi», – deyiladi Davlat bojxona qömitasi xabarida.
Tadbir davomida umumiy miqdori 20,81 gramm gaşiş giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.










